Get Mystery Box with random crypto!

@abituriyentuz

Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz A
Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz
Kanal manzili: @abituriyentuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!
🔔 Reklama: @EduRek
▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!
😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
📩 @abt_yordam_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2023-05-31 14:35:01
Siz noliyotgan sharoitlar kimlardir uchun orzu bo'lishi mumkin.

Siz ota-onangizdan noliysiz, kimningdir ota-onasi yo'q;
Siz uyingizdan noliysiz, kimningdir uyi yo'q;
Siz kiyimlaringizdan noliysiz, kimdir faqat ehson qilingan eski kiyimlarni kiyadi;
Siz ustozingizdan noliysiz, kimningdir repititorga borishga sharoiti yo'q.

Nolish vaziyatni faqat yomonlashtirishini unutmang!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
43.0K views11:35
Ochish/sharhlash
2023-05-30 18:42:42 Rasman: Xotin-qizlarga 2000 ta grant uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi;

10-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Edu - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
17.2K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-04-29 14:06:02
TALABALAR DIQQATIGA!

— Xabaringiz bor, Respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Ertaga tanlovga ro'yxatdan o'tish yakunlanadi. Tezroq harakatingizni qiling.

Stipendiya Respublika miqyosidagi barcha talabalar uchun bo'lib, tanlovda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

BATAFSIL MA’LUMOT

Talabalarni pul yutuqlari, “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar kutmoqda.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

RO‘YXATDAN O‘TISH

Batafsil ma'lumot: @Registon_stipendiya_bot
4.6K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-04-29 07:39:55 ERTAGA ONLAYN TEST!
YUTUQ:
1.100.000 SO'M!

Ertaga, 30-aprel kuni Oliygoh.uz platformasi Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 39-onlayn DIAGNOSTIK IMTIHON'ga start beriladi.

Onlayn imtihon xuddi Davalat imtihon standartlari asosida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Umumiy sovrin: 1.1 MILLION so'm
G'oliblar soni: 22 nafar
Imtihonda qatnashish: BEPUL

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
26.6K viewsedited  04:39
Ochish/sharhlash
2023-04-28 15:58:00
“Registon stipendiyasi” tanloviga royxatdan o‘tish davom etmoqda

— Xabaringiz bor, Respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Stipendiya barcha talabalar uchun:

BATAFSIL MA’LUMOT

Talabalarni pul yutuqlari, “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar kutmoqda.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

RO‘YXATDAN O‘TISH

Batafsil ma'lumot: @Registon_stipendiya_bot
29.1K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-04-27 14:31:29 #hikoya_vaqti

– Dada, futbolga qiziqaman. Koptok olib bering.
– O’g’lim, qachon o’yinqaroqliging qoladi? Katta yigit bo’lib qolding. Uyat emasmi?  yaxshisi bor qo’ylarga yem ber.

– Dada, buyurgan ishlaringizni bajardim. Endi futbol o’ynagani chiqsam maylimi?
– O’g’lim foydali ish bilan shug’ullansang bo’lmaydimi? Kim seni yaqinda maktabga chiqadi, deydi? Yaxshisi, bor, mollarni o’tlatib kel.

Oradan yillar o’tib, bolakay yaxshi cho’pon bo’lib yetishdi. Otasi esa choyxonada har kuni og’iz ko’pirtirib, milliy terma jamoamizda yaxshi futbolchi yo’qligini iddao qilib o’tiribdi.

Xulosa: Biz insonlar shundaymiz nimanidir yaratish imkoni bo’lsada, qilmasdan nuqul boshqadan kutib nolishni bilamiz xolos.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
36.1K views11:31
Ochish/sharhlash
2023-04-27 04:01:10 Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora

Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.

Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.

Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.

Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir.

Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?

Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.

Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.

Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.

Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.

Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.

Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

Kelajak uchun tikadigan odamlar realistdirlar.

Sening oylik ish haqqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.

Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.

Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.
​​
Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
44.7K views01:01
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:50:51 Bo'lajak talabalar eshiting: ​​​​​​​Talaba kim?

Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi:
1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

Qo‘rqadi – Sessiyadan.

Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
15.0K viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:01:03
“IT-mutaxassis” yoki “Biznesmen” boʻlishni istaysizmi ?

Unday boʻlsa, IT va biznes sohasida IDU universitetida GRANTda oʻqishni qoʻldan boy bermang!

IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.

Hujjatlar 27-aprelga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

Universitetga kirish imtihoni 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang!
Qabul tugashiga oz vaqt qoldi!


Joylar soni chegaralangan!

Xalqaro diplom;
Britaniya ta’lim standartlari;
Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.

21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda.

Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram
14.1K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-04-26 09:50:57 #hazilvaqti

— Kechasi 03:00 gacha dars qildim.
— Yo'g'-e, nechada boshlaganding?
— 02:50 da.


Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
34.5K views06:50
Ochish/sharhlash