Get Mystery Box with random crypto!

Salom, Abituriyent do'stim! Bugun siz bilan jiddiyroq mavzud | @abituriyentuz

Salom, Abituriyent do'stim!

Bugun siz bilan jiddiyroq mavzuda gaplashmoqchiman. Ya'ni o'qishga kirish oliy maqsadingiz bo'lmasligi kerakligi haqida.

Iltimos, meni diqqat bilan o'qing, tinglang, his qiling. Bir narsani aytishim kerakki, men ham abituriyentlik davrimda sizdek bo'lganman va hech kim menga bularni aytmagan.

O'qishga kirish sizning asosiy maqsadingiz emas, maqsad yo'lidagi bir qadam bo'lishi kerak. Masalan, siz judayam kuchli shifokor bo'lmoqchisiz, o'qishga kirish buning vositasi. Yoki bo'lmasam siz buyuk o'qituvchi bo'lib bolalarga dars bermoqchisiz, o'qishga kirish — vosita. Xuddi shu kabi.

Bularni nega sizga aytyapman. Har birimizning ichimizda bir buyuk inson yashaydi. Har birimizning buyuk ishlarni amalga oshirgulik potensialimiz bor. Lekin biz maqsadlarni kichik qo'yamiz va... sinib qolamiz.

Faraz qiling, o'qishga kirish sizning eng asosiy maqsadingiz. Kirdingiz, keyin-chi? Bo'm-bo'sh bo'lib qolasiz. Kirolmadingiz, keyin-chi? Sinasiz!

Agar o'qishga kirishga bir vosita sifatida qarasangiz, qarshlaringiz teranlashadi, maqsadingiz aniqlashadi.

Orangizda Toshkentga o'qishga kirishni istovchilar ko'p bo'lsa kerak. Ko'p yillar ilgari men ham sizday edim. Va Toshkentga kelib angladimki, mashaqqatli kunlarim tugamagan, balki endi boshlangadi. Endi men o'zimning kuchliligimni isbotlashim, mana shu megapolisda kichik bo'lsa ham o'rnimni topishim kerak edi!

Singlim, Toshkentga kelsangiz kliplardagidek chiroyli badavlat yigit sizni sevib qolmaydi, balki shunday bo'lar, lekin buning imkoni kam.

Ukam, Toshkentda qandaydir biznes g'oya bilan bir yil ichida kuchayib ketolmaysiz. Balki shunday bo'lar, lekin bu amrimahol.

Iltimos, maqsadni yuqori qo'ying. Hech kimdan hech nima kutmang. Chiroyli shahzoda sizni sevib qolib, 2-kursda turmushga chiqib ketishni xayol qilmang, biznes boshlab 4-kursgacha uy va mashina sotib olishni xayol qilmang. Maqsad qo'ying, faqat u real va samimiy bo'lsin.

Endi boring, sizni buyuk ishlar kutyapti! Agar bunga o'zingiz ishonsangiz!

Sizning sirli do'stingiz!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi