Get Mystery Box with random crypto!

#motivatsiya Hayot qanchalar shavqatsiz bo’lsa ham, siznin | @abituriyentuz

#motivatsiya

Hayot qanchalar shavqatsiz bo’lsa ham, sizning ilk orzuingiz doimo yodingizda bo’lsin.

Har bir MUVAFFAQIYATSIZLIK sizni qaytadan ruhlantirmog’i lozimdir! Turing va harakatni boshlang.

Ojiz inson doim javobgarlikni kimga yuklasam ekan, deb qidiradi! Kuchli inson esa aksincha, javobgarlikni doim o’z zimmasiga oladi! Ojiz odam bundan yanada ojiz, kuchli inson kuchli bo’lib boradi.

Muvaffaqiyatsizlik degan tushuncha yo’q, har bir narsaning o’z sababi va yashirin sabog’i mavjud.

Muvaffaqiyat qozonuvchilar fursat kelishini kutib o’tirmaydilar, balki, ana shu fursatni o’zlari qo’lga kiritib qo’ya qoladilar.

Muvaffaqiyatga shunday erishingki, sizning g’alabalaringiz haqida boshqalar gapirishsin, siz emas!

Muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatsiz insonlar qilolmaydigan ishlarni qilishadi. Osonroq emas, yaxshiroq bo’lishiga harakat qiling.

Ba’zan sizning birgina tabassumingiz ayrim insonlarning hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Hech qachon tabassumni ayamang.

Barcha yaxshi narsalar taslim bo’lmaganlarga keladi, kutganlarga emas!

Maqsadiga erishish uchun harakat qilmagan kishining temiryo’l relisida uxlayotgan odamdan sira farqi yo’q!

Odamlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, «Peshona ekanda, taqdirda shunday deb yozilgan ekan» deyishadi. Lekin yutuqqa erishganda hech kim taqdirga yozilganini eslamaydi. Aksar xatolarimizning natijasini taqdirga yuklab, qutulib qolmoqchi bo’lamiz…

Eshiklar qanchalik katta bo’lmasin, ularning KALITI bor!

Inson oldiga ikkita maqsadni qo’ya olsa, uni yo’lidan hech bir inson va hech narsa to’xtata olmaydi :
Birinchisi bu — hech qachon taslim bo’lmaslik.
Ikkinchisi — birinchisini doimo yodda saqlash.

Siz ertani kutasiz lekin doimo BUGUN kelaveradi. Ertadan o’zgarmoqchimisiz nega unda bugundan boshlamayapsiz?!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi