Get Mystery Box with random crypto!

@abituriyentuz

Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz A
Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz
Kanal manzili: @abituriyentuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!
🔔 Reklama: @EduRek
▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!
😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
📩 @abt_yordam_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 14

2023-04-13 21:11:39 UNUTMANG.....

Qayerga borishni bilish u yerga tezroq borishdan ko'ra muhimroqdir!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
43.1K views18:11
Ochish/sharhlash
2023-04-13 10:09:49 Ertami, kechmi, har qanday insonni “Kelajakda qaysi kasbni egallasam ekan?”, degan savol qiynaydi. Bu masala nafaqat endi oliy o‘quv yurtiga kirayotgan yoshlar uchun, balki ma'lum sabablarga ko‘ra nufuzliroq, ko‘proq haq to‘lanadigan ish izlayotganlar uchun ham muhim!

Quyida dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan kasblar haqida bilib olasiz.

Xirurg. Bu kasbning muhimligi va nufuzli ekanini yana bir bor isbotlashga hojat yo‘q. Shunday holatlar bo‘ladiki, inson hayot qoladimi, yo‘qmi - bu aynan xirurgning qo‘lida bo‘ladi. Shu munosabat bilan komil ishonch bilan aytish mumkinki, xirurg  dunyoda eng ko‘p talab etiladigan tibbiyot kasblaridan biri. Ammo, tegishli bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish uchun 10-15 yil o‘qish kerak. Yevropa darajasidagi mutaxassislar yiliga 120 - 300 ming $ miqdorida maosh olishga umid qilishlari mumkin. Bu eng yuqori maosh.

Psixiatr. Boshqa tibbiyot mutaxassisliklaridan farqli o‘laroq, bu soha professionallari stress, depressiya, asab faoliyati buzilishi va aynima psixika bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga ko‘maklashadilar, bu esa bugungi kunda juda dolzarb masala. Aytish lozimki, talab darajasida ta'lim olish ancha qimmat bo‘ladi. Shunga yarasha bunday ekspertning maoshi yiliga 120 - 180 ming $ gacha bo‘lishi mumkin.

Anesteziolog. Tajribali anesteziologga bo‘lgan ehtiyoj xirurglarga bo‘lgan ehtiyojdan kam emas. Aynan shu mutaxassislar operatsiya chog‘ida bemorning holatinikuzatib turadilar, narkozning dozasini nazorat qiladilar. Shuningdek, anesteziologlar operatsiyadan keyingi davrda ham bemorning holatini kuzatib boradilar. Bu tibbiyot xodimlarining maoshi yiliga $160 000 ga yetadi.

Uchuvchi. Tezligi va xavfsizligi tufayli havo transporti dunyodiga eng ommaviy transport hisoblanadi. Shunday ekan aerotexnika uchuvchisi kasbi dunyodiga eng ko‘p haq to‘lanadigan mutaxassislik hisoblanishining ajablanarli joyi yo‘q. Bu kasb egalari tegishli tayyorgarlikdan o‘tishdan tashqari, juda mustahkam sog‘liq va asab sohibi bo‘lishi kerak. Daromadi: yiliga 100 - 150 ming $

Stomatolog. Ko‘rib turganingizdek, tibbiyot sohasi mutaxassislari dunyoda talab eng katta mutaxassis bo‘lganlar va bo‘lib qoladilar. Stomatolog kasbi ham bundan mustasno emas. Tish doktorining xizmatlariga bo‘lgan talab taklifdan 4 marta ko‘p ekaniga nima deysiz? Taxmin qilingan daromad: yiliga qariyb $100 000.

Muhandis. Texnik taraqqiyot sohasidagi barcha yutuqlarimizga muhandislar sharofati bilan erishganmiz. Muhandislar yangi texnologiya va materiallarni ishlab chiqish bilan birga bino va inshootlarni loyihalashtiradilar, quradilar, shuningdek turli korxonalardagi barcha texnik asbob-uskunalar ishini nazorat qiladilar. Mohir muhandislar yiliga $100 000 daromad olishi mumkin.

Huquqshunos. Hammaga ma'lum, bugungi kunda bironta shartnoma yo‘qki, uni tuzish va imzolashda huquqshunos xizmati kerak bo‘lmasa. Bunday mutaxassislar, shuningdek, turli huquqiy mojarolarni hal qiladilar va yirik kompaniyalarga doim yangilanib turadigan qonunchilik hujjatlaridan chetga chiqmaslikda ko‘maklashadilar. Yaxshi huquqshunosning maoshi yiliga $60 000 dan $120 000 gacha bo‘lishi mumkin.

IT-mutaxassis. Axborotga egalik qilgan, butun olamga egalik qiladi.  Bizning zamonamizga, ya'ni axborot texnologiyalari va internet davriga mos juda to‘g‘ri fikr. IT-mutaxassislar dasturiy ta'minot yaratish, dastur fayllarini zarar yetkazadigan dasturlardan himoyalash  bilan shug‘ullanadilar hamda muhim ma'lumotlar oshkor bo‘lishining oldini oladilar. O‘rtacha maoshi: yiliga $24 000 dan $120 000 gacha.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
43.6K views07:09
Ochish/sharhlash
2023-04-13 04:22:01 #tonggi_motivatsiya

Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega orzu qilasiz, maqsad qo'yasiz-u, ba'zida maqsadingizga yeta olmaysiz?

Sababi faqat o'zingizda. Siz o'zingiz o'z boshingizga omadsizliklarni chaqiruvchi fabrikasiz. Nega deysizmi?

Sizning boshingizdan chiqayotgan o'y-fikrlar stimulga, ya'ni ma'lum bir energik quvvatga ega. Bu quvvat inson aurasi deyiladi. Agar siz doimo noliyversangiz, o'zingizni omadsiz deb hisoblasangiz, bu energik quvvat shaklida sizdan chiqib ko'payadi va taqdiringizga ta'sir qiladi.

Aurani kuchaytirish mumkin. Faqat yaxshi narsa o'ylash va Yaratgandan umid qilish yaxshilik yo'lida tinimsiz harakat qilish uni kuchaytiradi. Omad yor bo'lsin!

SIZ ALBATTA TALABA BO'LASIZ!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
45.7K views01:22
Ochish/sharhlash
2023-04-12 12:31:47 Chet tillarini o‘rganishda nimalar yordam beradi?

Chet tilini o‘rganish maqsadida siz ishtiyoq bilan ishga kirishasiz: bu jarayonning tezda ishga tushishi umidida kurslarga yozilasiz yoki repetitorga murojaat qilasiz. Va u haqiqatan ham ishga tushadi, lekin ko‘pincha ancha tez to‘xtab qoladi. Nima uchun?

Motivatsiya. Chet tilini o‘rganish – bu jiddiy, odatdagi, davomli, eng boshidan kirishish kerak bo‘lgan ish hisoblanadi. Bu yerda hal qiluvchi rolni ichki motivatsiya o‘ynaydi: chet tili sizga imtihonni yaxshi topshirish, chet elda o‘qish, yuqori lavozimga ko‘tarilish, biznesdagi sheriklar bilan erkin muloqot qilish uchun kerak – sabablar turli xil bo‘lishi mumkin, lekin motivatsiyasiz sizning muvaffaqiyatga erishishingiz juda qiyin.

Ijobiy yondashuv. Ota-onalar bu mashg‘ulotlar uchun faqat pul to‘lash bilan chegaralanib qolmasdan, qiziqishning pasayishini o‘z vaqtida sezishlari uchun vaqti-vaqti bilan o‘qituvchi bilan suhbatlashib turishlari kerak. Bolalarga imtihonni muvaffaqiyatli topshirgani uchun qandaydir mukofotlarni va’da qilish qiziqtiruvchi yaxshi omil bo‘lishi mumkin. Ayni holatdagi qiziqtiruvchi omil – bu pora berib sotib olish emas, balki motivatsiya va ijobiy yondashishni kuchaytirish usuli hisoblanadi.

O‘zini sog‘lom his qilish. Ahvolingizning yaxshi bo‘lishini saqlab qolishga harakat qiling, chunki bosh yoki tish og‘rig‘i bilan e’tiborni mashg‘ulotlarga qaratish qiyinroq bo‘ladi. Mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin biroz dam oling, keyin ishga kirishing.

Chet tilida muomala qilishga qo‘rqmaslik. Ko‘pchilik odamlar, hatto chet tilida yomon gapirmaydiganlar ham ruhiy to‘siqni yengib o‘tib bu tilda gaplashishni boshlay olmaydilar – ular xato qilishdan va kulgili ko‘rinishdan qo‘rqadilar. Mutlaqo o‘rinsiz qo‘rquv!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
34.9K views09:31
Ochish/sharhlash
2023-04-12 12:01:04
Janubiy Koreya universitetlari uchun visa olish imkoniyati paydo boʻldi

Dastur: til kursi
Shaharlar: Yongin, Seoul, Jeonju,
Gangwon va Gyeongsang

Elchixona suhbatisiz
Viza chiqmaslik foizi juda kam

TOPIK yoki IELTS shart emas!

Yosh chegarasi: 22 yoshgacha

Shoshiling qabul soni chegaralangan!

Qabul: 15-aprelgacha

Murojaat uchun:
+998959556210 | Yozish
+998959566210 | Yozish

Telegram | Instagram
37.0K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-04-12 10:51:08 Maqsadga erishish uchun diplom kerakmi?

Muhammadali Eshonqulov. Iqtisodchi va biznes-murabbiy
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan:


Aksariyat odamlar oliy ta’limni majburiy ta’lim deb o‘ylaydi, ammo...
Skolkova universiteti rektori Andrey Sharonovning ma’ruzasida eshitgandim, bir gigabaytlik ma’lumotni saqlash uchun ketadigan xarajatlar so‘nggi 10-20 yilda bir milliard barobarga arzonlashdi. Hozirgi kunda ilmning ko‘chishi va uni o‘tkazish yoki o‘rganish juda oson va arzon bo‘lib qoldi.

Avvallari kitobi bor odam boy hisoblangan. Bitta kitobni tuyaga almashgan, almashmagan zamonlar bo‘lgan. Hozirgi kunda esa uni tekinga topish mumkin. Lekin o‘qish uchun aksariyat odamlarda hafsala yo‘q. Ilm olish salohiyati tushib ketgan. Qaysidir ma’noda, mahsulot bor, lekin unga talab yo‘q.

Aksariyat insonlar oliy ta’limni majburiy ta’lim deb o‘ylaydi. U aslida mustaqil ta’lim hisoblanadi. Tajribamdan ko‘p o‘tgan, aksariyat o‘zbek talabalari o‘qishga kirishdan oldin sakkiz soatlab dars qiladi. Ammo talaba bo‘lganidan so‘ng ikki soatgina shug‘ullanarkan. Ya’ni o‘z potensialidan foydalanish darajasi to‘rt barobar tushib ketarkan. Eng yomoni — bu oliy ta’limga to‘nkaladi.

Muvaffaqiyat faqat o‘qituvchiga, talabaning xohishi, sharoitiga yoki ota-onaning qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq emas. Barchasi birikkandagina katta natijaga erishish mumkin. Qars ikki qo‘ldan chiqadi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
36.9K views07:51
Ochish/sharhlash
2023-04-11 15:26:48 #ibrat

Ikki aka — uka bor edi. Akasi sahiy, omadli va boy, ukasi esa qotil, yomon inson bo’lgan ekan. Sud oldidan jurnalistlar qotil ukaga savol berishdi:

— Qanday qilib jinoyat yo’liga kirib qoldingiz?

— Meni bolaligim og’ir o’tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo’lishim mumkin edi?!


Keyin jurnalistlar akani savolga tutishdi:


— Siz shuncha yutuqlarga qanday qilib erishdingiz?

— Mening bolaligim og’ir o’tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo’lishim mumkin edi…?!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
42.5K viewsedited  12:26
Ochish/sharhlash
2023-04-11 14:46:54
3 oylik ingliz tili kursi 997.000 soʻmdan 349.000 soʻmga arzonlashdi

Ingliz tilini qisqa muddat ichida, yoshingiz, manzilingiz va kasbingizga qaramay o‘rganishni istaysizmi?

Unda Get Club ilovasi siz uchun! Bu ilovada qiziqarli hikoyalar orqali yangi so‘zlarni osongina yodlab olasiz! Ingliz tili kurslariga vaqt sarflamaysiz, o‘zingizga qulay paytni tanlaysiz va boshlasangiz bas!

Hozirda kurs uchun maxsus chegirma! 3 oy uchun (997.000 o‘rniga) atigi 349.000 so‘m! Va sovg'a sifatida "Yuksalish" kitoblar to'plami ham beriladi.

Bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang! Hozirok yuklab oling!

http://get-club.uz/5

Batafsil maʼlumot uchun:+998915870303

Telegram | Instagram
40.4K views11:46
Ochish/sharhlash
2023-04-11 07:37:33 Sizni baxtliroq qilishga va maqsadga erishishga yordam beruvchi 4 narsa

Har bir kishining o‘z orzu va havaslari bor. Lekin hamma uchun umumiy bo‘lgan, yaxshiroq va baxtliroq bo‘lishimizga yordam beruvchi narsalar ham bor.

Vazifa — ishlarga maqsad va anglash bag‘ishlovchi mo‘ljallanganlik tushunchasi. Agar biz vazifamiz nima ekanligini tushunsak, unda nima uchun biz hayotda maqsadlarga erishishimiz va nima uchun yashayotganimiz aniq bo‘ladi.

Sizning vazifangiz ishlashdir. Har bir odam mehnat qilish uchun yaralgan. Faqat qat’iylik yordamidagina biz oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz. Mehnat qilish — bu yechim, bu yerda hech qanday motivatsiya haqida gap yo‘q. Agar biz biron nimaga erishmoqchi bo‘lsak, unda bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa — mehnat hisoblanadi.

Siz yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qilishingiz kerak. G‘amxo‘rlik qilish — bu neytralitet emas, balki biron-bir harakatlar. Bu do‘stona munosabatlardan ko‘ra kattaroq harakat. Va agar siz hozir ota-onangiz bilan yaxshi munosabat o‘rnata olishning imkoni yo‘q demoqchi bo‘lsangiz, unda bir necha marta o‘ylab ko‘rishingiz lozim bo‘ladi. Ba’zilar ota-onasi bo‘lishini yoki ularning qaytib kelishini orzu qiladi.

Siz o‘sishingiz kerak. Siz minglab talantga ega bo‘lishingiz mumkin, lekin agar siz vaqtingizni va kuchingizni sarf qilmasangiz, u holda ular yuzaga chiqmasdan qolib ketadi. Musiqa asbobini chalishni o‘rganishga qaror qildingizmi — oxirigacha yetkazing va bu sohaning ustasi bo‘ling. Agar taslim bo‘lishni xohlasangiz, o‘zingizga buni nima uchun qilayotganingizni eslating.

Siz bilimlaringizni boshqalarga singdirishingiz kerak. Ota-onamiz, oliygoh va kitoblarni o‘qish orqali olgan bilimlarimiz bizga saqlab qo‘yish va hech kim bilan bo‘lishmaslik uchun berilmagan. Sizning tajribangiz, bilimlaringiz va hayotning hamma sohalari haqidagi ma’lumotlar boshqalarga yordam berish, ruhlantirish va o‘rgatish uchun kerak bo‘ladi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
12.8K viewsedited  04:37
Ochish/sharhlash
2023-04-10 18:39:13
Testga eng ko'p tushadigan 1578 ta so'zlar

Har kuni mana shu lug'atdan 2 ustun yodlab borsangiz, testga eng ko'p tushadigan so'zlarning hamda x va h tovushi bilan bog'liq so'zlarning imlosini 90% o'zlashtirib olishingiz mumkin!

Muallif: Haydarov Muhammad

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
44.7K views15:39
Ochish/sharhlash