Get Mystery Box with random crypto!

@abituriyentuz

Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz A
Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz
Kanal manzili: @abituriyentuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!
🔔 Reklama: @EduRek
▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!
😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
📩 @abt_yordam_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 11

2023-04-26 03:40:42 #motivatsiya

Agar siz nimanidir orzu qila olsangiz, buni amalga ham oshira olasiz| Uolt Disney

Kunlarni hisoblamang, ulardan foydalaning| Muhammad Ali

Kutmang. Qulay fursat hech qachon kelmaydi| Napoleon tepaligidan

Men muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Men ishlamaydigan 10 000 ta usulni topdim| Tomas Edison

Motivatsiya sizga biror ishni boshlashingizda yordam beradi. Odat sizni davom ettiradi| Jim Ryun

Siz o'yin qoidalarini o'rganishingiz, keyin esa boshqalardan yaxshiroq o'ynashingiz kerak| Albert Eynshteyn

Agar siz hayotingizni hamma sohada eng zo'r bo'lishga sarflasangiz, hech qachon hech qaysi sohada zo'r bo'lolmaysiz| Tom Rath

Avvaliga ular sizni sezmaydilar, keyin ustingizdan kulishadi, keyin siz bilan jang qilishadi, keyin siz g'alaba qozonasiz| Mahatma Gandi

Xayolparastlar dunyoning qutqaruvchilaridir| Jeyms Allen

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
43.2K views00:40
Ochish/sharhlash
2023-04-25 20:02:12 Ertalab qanday uyg‘onish kerak? Bunga yordam beruvchi 9 qadam

Bu maqola tushlik paytiga kelib zo‘rg‘a o‘ziga keladiganlar uchun yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi

Mos musiqa tanlang. Budilnik uchun mos musiqani tanlang. U sizning jahlingizni chiqaradigan bo‘lmasligi kerak. Ertalab biz ayniqsa hamma narsaga ta’sirchan bo‘lamiz, shu jumladan ovozlarga ham.
O‘rningizdan turishingiz bilan radioni yoki o‘zingizning sevimli quvnoq musiqangizni qo‘ying. Tanangiz beixtiyor musiqaga hamohang ravishda harakatlana boshlaydi, kayfiyatingiz ko‘tariladi.

Uyg‘onishga sabab toping. Motivatsiya sizni issiq ko‘rpa tagidan chiqishga va ertalabki ishlarga kirishishga majbur qiladi. Oldingizga aniq bir maqsad qo‘ying. Masalan, mavzuni vaqtida topshirish yoki kechgacha bir kitobni tamomlashga ulgurish. Yangi libos yoki mazali nonushta haqidagi ahamiyatsiz, lekin yoqimli fikrlar ham uyg‘onishga yordam beradi.

Yorug‘lik qo‘shing. Ertalab uyg‘onishga yordam beradigan eng yaxshi yorug‘lik quyosh yorug‘ligidir. Lekin tonggacha yoki bulutli havoda turishga to‘g‘ri kelsa, elektr chiroqlaridan foydalaning. Gap shundaki, bizda qorong‘ilikda uyqu gormoni hisoblanuvchi melatonin faollik bilan ishlab chiqariladi. Shuning uchun uyg‘onishingiz bilan hamma yorug‘lik manbalarini yoqishga harakat qiling.

Kamida 9 daqiqa oyoqda turing. Aynan shu vaqt ichida organizm to‘liq uyg‘onishi haqida nazariya mavjud. Ayniqsa, bu daqiqalar ancha yoqimliroq bo‘lsa.

Tabassum qiling. Ko‘zgu qarshisida turing va aksingizga qarab jilmayishga o‘zingizni majbur qiling. Lablarni harakatlantirishdan boshlang. Bu quvonch gormoni deb ataluvchi serotonin ishlab chiqarilish jarayonini ishga tushiradi.

Mashqlar bajaring. Ertalabki qisqa mashqlar nafaqat miyaga kislorodning yetib borishi hisobiga uyg‘onishga yordam beradi, balki qomatingizni yaxshilaydi va sizni baxtliroq qiladi. Shuning uchun bir nechta mashqlar bajaring. Agar ob-havo yaxshi bo‘lsa, yugurishga chiqing. Bu sizga ikki yoqlama foyda beradi: ertalabki tetiklik va toza havo.

Tishlaringizni tozalang. Ertalab tetiklashishga hatto odatdagi gigiyena vositasi bo‘lgan tish pastasi ham yordam beradi. Tish pastasining ta’mi, hidi va og‘iz ichini biroz sanchishi uyg‘onishga yordam beradi.

Dush qabul qiling. Bu juda oddiy, hammaning qo‘lidan keladigan va bir vaqtning o‘zida juda samarali usul. Jarayonni iliq suv bilan boshlab, sovuq suv bilan tamomlang.

Bir piyola suv iching. Dush qabul qilib bo‘lganingizdan keyin bir piyola suv iching. Suv tanangiz uchun haqiqiy uyg‘otuvchi rolini bajaradi. U hazm qilish jarayonini ishga tushiradi va organizm ishlash vaqti kelganini tushunadi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
39.0K views17:02
Ochish/sharhlash
2023-04-25 15:54:35 #hazilvaqti

Futbol matchida tomoshabinlardan biri, yonida o‘tirgan yosh boladan so‘rabdi:

— Sen bunday qimmat bilet uchun pulni qayerdan olding?
— Dadam olib berdi.
— Dadang qani o‘zi?
— Uyda... biletni qidiryaptilar!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
38.2K views12:54
Ochish/sharhlash
2023-04-25 10:00:47 #Tarqating

Va nihoyat abituriyentlar uchun super imkoniyatlarga ega bot ishga tushdi — @DTMStat_bot

Oʻtgan yilgi o'tish ballari - 00:00
Yo'nalishlar bo'yicha o'tish ballari -
Yo'nalishlarning fanlar majmuasi - 00:28
Fanlarga mos yo'nalishlar roʻyxati - 00:33
Oliygohlardagi mavjud yo'nalishlar - 00:40

BALLARGA MOS UNIVERSITETLAR RO'YXATI - 00:49

68 ball bilan qaysi oliygohlarga GRANTga kirish mumkin, bilasizmi ?

57 ball bilan qaysi oliygohga KONTRAKTga kirish mumkinligini-chi ?

Kirish eng oson, balli past yo'nalishlarni nomini bilasizmi?

Barchasini @DTMstat_bot — yordamida "shest sekundda" bilib oling!

Ee bu hali holva! Abituriyentlarga oid eng maxfiy ma'lumotlarning barchasini @DTMstat_bot'dan tekinga olishingiz mumkin.

@DTMstat_bot
@DTMstat_bot
@DTMstat_bot

Botdan foydalanish hozircha BEPUL!
41.1K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-04-25 08:47:01
Ustoz:
— Uyga vazifani nega qilmading?

ABITURIYENT:
— Endi kitob o'qish uchun xonamga kirgan edim, tasodifan koptokni bosib qoldim. Keyin nima bo'lganini eslolmayman!



Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
40.3K views05:47
Ochish/sharhlash
2023-04-25 04:48:01 SIZ HAQINGIZDA QIZIQARLI FAKT

Siz o‘z qulog‘ingizni ko‘zgusiz ko‘ra olmaysiz.

Siz o‘z soch tolalaringiz soni qanchaligini bilmaysiz.

Siz tilingizni chiqargan holatda burningiz bilan nafas ololmaysiz.

Siz hozir tilingizni chiqarib, burningiz bilan nafas olishga urindingiz.

Siz tilingizni chiqarib turib, burundan nafas olaverish mumkinligiga ishonch hosil qildingiz.

Siz hazillashganimni tushundingiz va yuzingizda tabassum paydo bo‘ldi.

Siz ro‘yxatda 5-fakt yo‘qligini sezmadingiz.

Siz hozir ro‘yxatda 5-fakt bor yoki yo‘qligini tekshirdingiz.

Siz tabassum qilsangiz, dunyodagi eng yaxshi, eng samimiy insonga aylanasiz...

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
42.3K views01:48
Ochish/sharhlash
2023-04-24 23:55:21
#Tezkor
9-sinf va 11-SINF barcha fanlardan imtihon javoblari tarqaldi

• Tarix
• Fizika
• Ingliz tili
• Biologiya
• Geografiya
• Informatika
• Jahon tarixi
• Matematika
• Oʻzbekiston tarixi
• Ona tili va adabiyoti

Boshqa fanlarni yuklash
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
40.0K views20:55
Ochish/sharhlash
2023-04-24 06:18:45
Bugun baxtni izlab to'xtovsiz yuguramiz!

Katta maqsadlar qo'yamiz, tinim bilmaymiz!

Qimmat kiyinish, uy-joy, mashinalar haqida o'ylaymiz!

Olomon bo'lib chopamiz-u, qayerga va nega ketayotganimizdan xabarimiz bo'lmaydi aslida.


Aslida baxt nima?

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
45.4K views03:18
Ochish/sharhlash
2023-04-22 18:52:04 Tegma noziklar o‘qimasin!

Profilingga 3-4 ta "siqilgan" rasmni qo‘yib olib, o‘zingcha hayotdan xafasan. 2-3 ta xatto o‘zing ham tushunmaydigan "chiroyli" gaplarni bilib olib, "aqlli baxtsiz"ni yoqvolasan! Hayotdan adolat kutib yashaysan. Ammo esingdan chiqarma, hayot senga hech narsani va'da qilmagan!

Ijtimoiy tarmoqlarda kayfiyatingning har bir modulini ommaga ko‘rsatib yurishdan biror naf bor deb o‘ylaysanmi? Hh, ular sening kayfiyatingga "tupurib qo‘ygan"! Hammaga o‘zining muammosi qiziq!

O‘zingni omadsiz, jabrdiyda qilib ko‘rsatish o‘rniga (qo‘pol bo‘lsa ham aytaman) ketingni ko‘tar, harakatga tush! Hayotda har bir narsadan hikmat izla! Hattoki, Alloh yozishni qalbimga solgan mana shu postni o‘qib turganingdan ham bir xayr qidir!

O‘zingning yashashga arzirli orzu-maqsadlaring bo‘lmasa, tug‘ilishing sababchilari — ota-onangning orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun yasha! Ular sendan o‘zing o‘ylaganingdan-da ko‘proq narsa kutishlarini va ular kutayotgandan-da ko‘prog‘i qo‘lingdan kelishiga ishonishlarini mendan ham yaxshi bilasan!

Shunday ekan, har kuningni g‘aflatda o‘tkazmoqlikdan voz kech-da, harakatga tush! Bugunoq, yo‘q, yo‘q, hoziroq!

Lekin shu gaplar ham ta'sir qilmasa, BILGANINGNI QIL!


Kanalga ulanish
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
14.6K views15:52
Ochish/sharhlash
2023-04-22 12:37:30ERTAGA ONLAYN TEST!
YUTUQ: 1.000.000 SO'M!

Ertaga, 23-aprel kuni Oliygoh.uz platformasi va University of Management and Future Technologies oliygohi hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 38-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Umumiy sovrin: 1 mln so'm
G'oliblar soni: 20 nafar
Imtihonda qatnashish: BEPUL

Ma'lumot uchun, UMFT Universiteti - xalqaro standartlar asosida IT, iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Respublikadagi yirik nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biridir.

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
40.2K views09:37
Ochish/sharhlash