Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonliklar yangi yil bayramida necha kun dam olishadi? | Abit.uz | Rasmiy kanali

Oʻzbekistonliklar yangi yil bayramida necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Demak:

31 dekabr — shanba (Prezidentning oʻtgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni);

1 yanvar — yakshanba (Yangi yil bayrami);

2 yanvar — dushanba (ish haftasidan qatʼi nazar barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni);

3 yanvar — seshanba (6 kunliklar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 7 yanvar – shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kuni).


30 dekabr (juma) va 4 yanvar (chorshanba) kunlari ish kuni boʻladi.


Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!