Get Mystery Box with random crypto!

#Premyera #Tὁgarak_hisoboti Abdulla Oripov nomidagi ijod mak | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#Premyera
#Tὁgarak_hisoboti

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlari va fan to'garaklaridan so'ng zamonaviy kasb-hunarlarga o'rgatuvchi, o'quvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan to'garaklar faoliyat turadi. Rejissor Aktam Boyto'rayev rahbarligidagi "Aktyorlik mahorati" drama to'garagi ham ana shunday to'garaklardan biri sanaladi.

Ushbu to'garakning choraklik hisoboti - spektakl namoyishi bo'lib o'tdi. Xususan, o'zbek xalq ertaklarining sara namunalariga kiruvchi - "Zumrad va Qimmat" ertagi asosida sahnalashtirilgan musiqiy sahna asari namoyish etildi.

Rollarni ijod maktabining 7-8-sinf o'quvchilari ijro etishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram