Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdagi talabadan maktublar

Telegram kanalining logotibi aaadhamov — Xorijdagi talabadan maktublar X
Telegram kanalining logotibi aaadhamov — Xorijdagi talabadan maktublar
Kanal manzili: @aaadhamov
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 268
Kanalning ta’rifi

Salom ✋ Men Abdullatif, Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan “Uludağ Üniversitesi” talabasiman. Bu kanaldan Turkiyadagi talabalik hayotimni va oʻqishda ortirgan tajribalarimni blog tarzida yozib boraman. Men bilan aloqa uchun @aaadhamov_bot yozing.

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-14 18:36:52 Kechadan boshlab, bir oy mobaynida, praktika tariqasida davlat maktabidagi 7 sinflarga dars o'tishni boshladim. Mendan faqat uch narsa istashdi:

1. Shortik kiymaslikni = kiyim borasida boshqa cheklov yo'q. Istagimga ko'ra kiyinib boraveraman.

2. O'quvchilarga do'stlar yoki ukalar deb murojaat qilmasligimni.

3. O'quvchilarni kamsitmaslikni.

Faqat shular, boshqa barchasi o'zimga bog'liq ekan. Bular ichiga, baholash, rag'batlantirish hatto yakuniy imtihonlarning savollarini o'zim tayyorlab o'tkazish ham kiradi.

Ilk dars kunimdan esda qolganlarni yozib qo‘ymoqchiman.

1. Sinfga kirishda biroz hayajonlanib, kirsammi kirmasammi deb taraddud qilib qoldim.

2. Ilk darsni tanishish bilan o‘tmaslikka harakat qildim. Chunki o‘quvchiligim vaqtida eng yomon ko‘rganim, yangi o‘qituvchini o‘quvchilarni birma bir turg‘azib ismini, familiyasini, qayerdanligi va otasining kasbini so‘rashi edi. Qisqagina o‘zimni tanishtirdim, ro‘yxat asosida ism-familiyasini o‘qib chiqdim.

3. O‘zbekiston borasida ko‘plab savollar berishdi. Savollar ko‘proq siyosiy va iqtisodiy edi. Darsim ijtimoiy va siyosiy bo‘lmaganda ham baribir turkiyalik yoshlar ko‘proq shu borada savol bergan bo‘lardi. Chunki 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lganlarning bari qiziqadi.

4. Birinchi darsni eng yaxshi bilgan mavzumdan boshladim. Shunga qaramay o‘quvchilar kutilmagan va bilmagan tarafimdan savollar berishga harakat qilishdi. Klassik o‘qituvchini mot qilish uslubi :) Bilmagan savollarimga "hozir mavridi emas, keyinroq javob beraman" deb himoyalandim.

5. Darsdan keyin o‘quvchilarimdan biri kelib (qiz) avtobus bekatigacha birlikda ketmoqchi bo‘ldi. O‘rtoqlarim bilan ko‘rishaman, mashinada kutib turibdi deb qochib qoldim. Boshqa bir o‘quvchim esa Instagramdan kuzatish uchun istak yuboribdi. Qabul qilmadim. Shu yerga yozib qo‘yay, keyinchalik tushunmovchilik bo‘lsa isbot tariqasida ko‘rsataman. 12-13 yoshli qizaloqlar o‘zlari bilmagan holda boshimga balo bo‘lishlari mumkin. Ularni ayblaganim yo‘q, maqsadlari shunchaki sof bo‘lishi mumkin, lekin baribir yaxshi emas. Yagona ko‘nglimni xira qilgan jihat shu bo‘ldi.
450 views15:36
Ochish/sharhlash
2022-03-31 23:37:41 Traderlikdan biroz xabarim bor. Bugun rus birjalari qanday vaziyatda, nimalar yuz bermoqda ekan deb bir kichik tadqiqot olib bordim. Tadqiqot natijasi esa meni jilmayishga majbur qildi. Bosqinchi ruslar va boshqa radikal propaganda bilan xalqni boshqaradigan diktaturalar uchun kutilgan holat lekin baribir jilmayib qo‘ydim. Tadqiqotimga qaytsak:

1 Sber aksiyasi bugungi kunda 0,12 GBPʼgacha (funt sterling) ko‘tarildi.

Rossiya fond bozorida esa Sber aksiyalari 143 rublgacha ko‘tarildi.

Dollar qarshisida rasmiy kurs esa: 82,20 rublgacha tushdi (1 GBP = 108 rubl).

Yaʼni siz borib 1 funtni 108 rubldan sotib olishingiz mumkin, keyin esa siz o‘sha pulga 8 tona Sber aksiyasini sotib ololasiz.

Rossiyada o‘sha Sber aksiyalarining 8 donasini 143 rubldan sotsangiz jaami 1144 rubl pul bo‘ladi. Boshqacha aytganda 1036 rubl foyda qilasiz. 1 funt sterlingiz bir aylanib 10.50 funt sterling bo‘lyapti.

Bunday holda, Rossiya fond bozorida aksiyalarni sotib olish uchun siz yo ahmoq bo‘lishingiz yoki fond bozorini yuqorida sunʼiy ravishda ushlab turishga harakat qilayotgan davlat bo‘lishingiz kerak.

Shu ishni trade qilaman desangiz; Rossiyada qisqa muddatli sotish taqiqlanganligi sababli, agar sizda Sber aksiyalari bo‘lmasa bunday oldi-sotdi qila olmaysiz. Rossiyadagi juda ham cheklangan bir qancha odamga esa bunday qilishga ro'xsat bor.

Qissadan hissa, agar rubl dollarga qarshi 82 qiymatiga teng bo‘lsa va siz dollarni shu narxda sotib olishingiz shu bilan birgalikda sotishingiz mumkin bo‘lsa, Sber aksiyasining haqiqiy qiymati 14 rubl bo‘lishi kerak. Yoki Sber aksiyasining narxi to‘g‘ri narx bo‘lsa, unda 1 dollar 844 rubl bo‘lishi lozim. Hammayoq kasha bo‘lib yotibdi.
512 viewsedited  20:37
Ochish/sharhlash
2022-03-24 19:49:44
541 views16:49
Ochish/sharhlash
2022-03-24 19:49:31 Mutaxassislarning taʼkidlashiga ko‘ra, Ukrainaning qurshov harakati taxminan 3-4 kun ichida yakunlanadi. Hozircha bu operatsiyasining ko‘ngildagidek bo‘lmasligi uchun faqatgina ikkita sabab bordek ko‘rinmoqda, biri Belarus armiyasining urushga aralashishi, ikkinchisi esa ruslarning taktik yadro bombalaridan foydalanishi. Belorus armiyasi urushda qatnashgan taqdirda ham operatsiya hududiga yetib borishiga bir necha kun kerak. Yaʼni belarus qo‘shinlari yetib kelganda, qamal to‘liq yakunlanishi turgan gap. Taktik atom bombalari esa ukrainaliklar bilan birgalikda ruslarning o‘zini ham falaj qilib qo‘yishi mumkin, bu esa rus qo‘shinlarini qamalda qolmasligini taʼminlaydi biroq ruslarning hujumkorlik qobiliyati ham batamom yo‘qoladi va rus qo‘shinlarining chekinishdan boshqa chorasi qolmaydi. Atom qurolidan foydalanish (kichik ko‘rinishda bo‘lsa ham) katta eskalatsiya harakati bo‘lardi. Putin bunday tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymaydi deb o‘ylayman (yana kim biladi deysiz, undan hamma narsani kutsa bo‘ladi). Agar ukrainlarning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tsa, urush taxminan 5 hafta ichida Ukrainaning g‘alabasi bilan yakunlanishi borasida taxmin qilmoqdaman. Operatsiya tugagach buni batafsil tahlilini yana yozishga harakat qilaman.
503 views16:49
Ochish/sharhlash
2022-03-24 19:27:47 C rejasiga ko‘ra, Kiyev shimolidagi rus qo‘shinlari, yordamchi kuchlar bilan qo‘llab-quvvatlanmaguncha mudofaa pozitsiyasini egallab, uzoq masofali artilleriya bilan Kiyevni harakatsizlantirishga urunishadan iborat. Xo‘sh, qo‘llab-quvvatlash qayerdan keladi? Ikkita variant bor, lekin ikkalasi ham muammoli. Birinchisi, janub tomonidan, lekin Mariopol qarshilik ko‘rsatyotgani va hali beri qulamasligi haqiatga yaqin bo'lgani uchun bu dargumon ko‘rinmoqda. Mariopol qulagan taqdirda ham, askarlarning Ukraina orqali shimolga borishi juda qiyin. Xerson va Kiyev orasidagi masofa 560 km. Dushman hududidagi shaharlarning xavfsizligini taʼminlamasdan, bunday masofani bosib o‘tishga urinish logistika falokatidir. Boshqa variant esa Chernov va Sumi o‘rtasidagi shimoli-sharqiy jabha. Bu yerdagi kuchlar Kiyevga, Chernov va Sumidek nisbatan kichik shaharlarni o‘rab olgandan so‘ng, qolgan qo‘shinlar xaritada ko‘rsatilganidek, Kiyev tomon yurishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin bu yerda ham katta muammo bor. Kiyev sharqini qamal qilish strategik ahamiyatga ega emas. Shaharning hayotiy tarmog‘i g‘arb bilan bog‘langan. Harbiy va gumanitar yordam Polshadan Lvovga va u yerdan Kiyevga yetib boradi. Demak, bu sharqdagi qo‘shinlar g‘arbga o‘tishi kerak. Shuning uchun ular buyuk Dnepr daryosidan o‘tishga majbur. Yevropadagi eng keng daryolardan biri bo‘lgan bu daryo Kiyevni teng o‘rtasidan ikkiga ajratib turadi. Shuning uchun, sharqdagi rus qo‘shinlari g‘arbga o‘tish uchun Kiyevga xavfli darajada yaqinlashdi. Kiyevga yaqinlashgan rus qo‘shinlari Ukraina armiyasi tomonidan katta yo‘qotishlarga uchradi va ularning daryoni kesib o‘tishga urinishlari ketma ket muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.

Urushning harbiy strategik maqsadlarining tushinirishga xarakat qilib ko‘rdim, keling endi birinchi nuqtaga qaytaylik. Rasmdagi xaritadagidek Xostomel, Irpin va Buchadagi rus qo‘shinlari Ukrainaning qarshi hujumi natijasida haqiqatan ham qurshab olingan bo‘lsa, Rossiya armiyasi yaqin vaqt oralig‘ida o‘ziga kela olmaydi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, Kiyev shimolidagi ruslar taxminan 8-10 kun ichida qo‘llab-quvvatlash kelishini kutayotgan bir paytda, xavfsizlik uchun mudofaa pozitsiyasini egallagan edi. Ammo taxminan 3-4 kun oldin ular hujum operatsiyasini uyushtirib, front chizig‘ini 40 foizga uzaytirdilar. Nega rus qo‘shinlari mudofaa pozitsiyasini egallab turgan bir vaqtda, hech qanday yordamisiz bunday tavakkal qiladi degan savol to‘g‘iladi? Buning juda oddiy sababi bor. M06 avtmogistral yo‘li. G‘arbdan kelayotgan yordam, Kiyevga va u erdan boshqa jabhalarga shu yo‘l orqali oqib kelmoqda, boshqacha aytganda, M06 Kiyevning g‘arbiy qismidagi Lvovga bog‘laydigan asosiy kirish yo‘lidir. Harbiy texnika, qo‘shinlar, oziq-ovqat va insonparvarlik yordami bu yo‘ldan kelayotgani uchun urush Rossiya uchun yomonlashdi. Shuning uchun Kiyev shimolidagi rus qo‘shinlari janubiy frontdan yoki shimoliy-sharqiy frontdan kutilgan yordam kelguniga qadar bu yo‘lni to‘sish uchun harakat qilib ko‘rishdi. Bu bilan ruslar katta qimor o‘ynab, xaritadagi Myla-Berezivka pozitsiyasini egallab olishdi. Natijada oldingi front chizig‘i juda uzun va kuchsuz bo‘lib qoldi.

Ukraina armiyasi esa bu imkoniyatdan juda yaxshi foydalanmoqda. Ochig‘ini aytsam, men ruslarni Xostemel-Bucha-Irpindan haydab chiqarish uchun to‘g‘ridan qarshi hujumni kutgandim, ammo so‘nggi maʼlumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, ular u erdagi rus qo‘shinlarini qurshab olish operatsiyasi bilan yo‘q qilishni rejalashtirmoqda. Agar bu qurshov muvaffaqiyatli bo‘lsa, taxminan 9-15 ming rus askari taslim bo‘lishiga to‘g‘ri keladi va Ukraina juda ko‘p ruslarning qurol-yaroq va artilleriyasini qo‘lga kiritadi. Bu Rossiyaning shimoliy jabhasini butunlay qulashini anglatadi. Kiyevda kelayotgan kunlar davomida havo harorati nisbatan issiq, quruq va tiniq ko‘rinmoqda. Bu ham Ukraina armiyasi uchun qaysidir maʼnoda qulay imkoniyat.
452 views16:27
Ochish/sharhlash
2022-03-24 19:27:46 Bu semestrda Geopolitika va Geostrategiya darsi domlasi Rossiyaning Ukrainaga amalga oshirib turgan bosqinchiligi borasida o‘z tahlillarimizni maqola shaklida yozishimizni vazifa qilgan edi. O‘sha maqolani o‘zbek tiliga tarjima qilib, bu yerga ham joylashga qaror qildim.

Oxirgi kunlarda, Xostomel, Irpin va Bucha shaharlarida joylashgan rus askarlarini qurshab olishni rejalashtirish maqsadida, Ukrainaning qarshi hujumi boshlangani haqida xabarlar bor. Bu xabarlar hali tasdiqlanmagan, ammo urush hududlaridan kelayotgan rasm va videolarga tayanib aytish mumkinki bu xabar haqiqatga yaqin. Agar shunday holat yuz bersa, urushda burilish nuqtasi bo‘ladi.

Urushning boshidanoq, Belorussiya orqali Kiyevga yaqinlashayotgan rus qo‘shinlarining Kiyevni o‘rab olishga yetarli kuchi yo‘q edi. Chunki Ukrainaning katta qarshilik ko‘rsatmasligini kutgan Rossiya, o‘rta darajali kuch bilan Kiyev rejimini osonlik bilan o‘zgartirishni va shu tariqa boshqa jabhalardagi katta shaharlarning qarshiliksiz osonlik bilan bosib olinishini reja qilgandi. Bu A rejasi edi va u katta muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.

OAVlarda tarqalgan ruslar urushning boshida tajribasiz askarlarini yubordi degan xabarlar haqiqatga yaqin emas, Chunki ruslar o‘zlarining eng tajribali askarlarini birinchi saflarda yuborganliklari borasida ko‘plab isbotlar bor. Misol uchun urushning dastlabki 72 soatida halok bo‘lgan rus parashyutchilari va mashhur spetnaz qo‘shinlarining o‘lgan yoki asirga olinganligi ko‘rsatilgan ko‘plab dalillar tarqaldi. Parashyutchilar - eng elit rus qo‘shinlari ekanligini unutmaylik. Ruslar uchun nufusli hisoblangan parashyutchilar urushning birinchi haftasida, ko‘p marta qo‘l almashgan hostomel aeroportida va bir nechta muhim strategik nuqtalarda katta yo‘qotishlarga duch kelishdi. Shahar va shahar atrofidagi tumanlarga sabotaj guruhlari sifatida yuborilgan spetnaz askarlari esa yo o‘ldirilgan yoki taslim bo‘lgan.

Rus blitzkriyegi (chaqmoq operatsiyasi) barbod bo‘lgach, B rejasi boshlandi. Aslida, B rejasi eng yomon stsenariy sifatida ishlab chiqilgan. Bu fikrga kelishimga nima sabab bo'lgani borasida sal pastroqda yozaman, lekin avval bu B rejasini taxminan ko‘rib chiqamiz. Reja sharqdan kelayotgan kuchlar va janubdan kelayotgan qo‘shinlarning birlashishi va Kiyevni to‘liq blokadaga olishdan iborat bo'lgan. Bu maqsadga erishish uchun avvalambor Ukraina sharqidagi va janubdagi shaharlarni bosib olish kerak edi, biroq hech bir yirik shahar Rossiya nazorati ostiga tushmadi, faqatgina Qrimdagi rus armiyasi Xerson va Melitopol va Berdiansk kabi kichik va o‘rta shaharlarni muvaffaqiyatli egallab oldi. Rossiyaning bu kichik taktik g'alabasi, matbuotda tilga olinmadi. Buning sababi, Ukrainaning Rossiyaga qarshi urush tashviqoti juda muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, ikkinchisi esa Rusparast OAVlar, bu shaharlarda Rossiyaga yetarli dastak chiqmagani uchun propaganda maqolalari tayyorlay olishmayapti.

Urushning borishini chindan ham o‘zgartirib yuborgan shahar esa, bir oydan beri rus askarlarining hujumlariga qarshilik ko‘rsatayotgan Mariupol. Ayirmachi Donetsk qo‘shinlarining ko‘pchiligi va Qrimdan kelgan qo‘shinlar Mariupolni o‘rab olish operatsiyasi tufayli band bo‘lib turibdi. Shuning uchun Rossiya o‘zi xohlagan janubiy koridorni qura olmayapti, chunki ruslar janubda Odessa u yoqda tursin hali Mikolaivni ham egallay ololgani yo‘q, asosiy kuchlar Mariupol bilan band bo‘lib turgani uchun. Reja bo‘yicha janubdagi armiya shu paytgacha dengiz bo‘yidagi barcha shaharlarni egallab, Kiyev tomon yo‘l olishi, janubdan Kiyevni qamal qilib, shimoliy armiya bilan birlashishi kerak edi. Ammo ruslar buni uddalay olmadi va Kiyev shimolidagi rus armiyasi yolg‘iz qoldi. Shuning uchun Kiyev yaqinidagi armiya, oxirgi rejalardan biri hisoblangan c rejasiga o‘tkazildi.
291 views16:27
Ochish/sharhlash
2022-03-23 19:03:00 Chet elda o‘qishni istayotgan yoshlar uchun o‘z shaxsiy hayotimdan kelib chiqib tavsiyalar bermoqchi edim:

1) Uy-joy muammosini hal qilmasdan avval hech qayerga bormang.

2) Boradigan mamlakatingizda mahalliy narxlariga o‘rganmay turib, xaridlarni amalga oshirmang, bo‘lmasa keyinchalik “uff, bu x narsaga juda ham ko‘p pul berdim” deb boshingizni devorga urib yurasiz.

3) Vaqti-vaqti bilan yolg‘iz qolishingiz mumkinligini yodda tuting. Hech kim sizga g‘amxo‘rlik qilishga majbur emas. Hamma narsani o‘zingiz qilishga tayyor bo‘ling. Tayyor bo‘lmasangiz bormang, tushkunlikka tushib qolasiz.

4) O‘z tarixingiz va mamlakatingizda sodir bo‘layotgan voqealar haqida yaxshilab bilib oling. Vataningizning o‘tmishini yaxshi biling. Begona mamlakatda albatta mamlakatingiz tarixi haqida savollarga duch kelasiz. Keyin uyalib qolmang.

5) Borayotgan mamlakatingizdagi aeroportda hech kim qoramag‘iz o‘zbek yigiti yoki qizi keldi deb ko‘zini to‘rt qilib kutib turmaydi, hatto ikkinchi darajali odamdek munosabatda bo‘lishingiz mumkin. Shuning uchun katta umidlarga berilmang. Bo‘lmasa xafa bo‘lib qolasiz.

6) Avvalo shuni bilingki, chet elda o‘qish oson emas va hech qachon oson bo‘lmaydi. Chet elda o‘qish katta pul talab qiladi. Moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lganlar kamroq qiyinchilik bilan o‘qishlari mumkin. Moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lmaganlar katta qiyinchilikka duch kelishadi. Borib ishlab o‘qiyman demang, eng kamida 6 oyga yetadigan pulingiz bo‘lsin.

7) Siz borgan mamlakatda tartibsizliklar bo‘lishi mumkin, hukumat ag‘darilishi mumkin yoki bosqinchi jirkanch Rossiya hujum qilishi mumkin . Qaytish borasida rejangiz bo‘lsin, hamma narsaga tayyor turing. Oilangizni xavotirga quymang.

8) “Men o‘zbeklar bilan uchrashmayman, faqatgina chet ellik do‘stlarim bo‘ladi”, demang. Albatta vataningizdan bir do‘stingiz bo‘lsin va u do'stingizni oilangiz bilsin. Kutilmagan holatlar yuz berishi mumkin.

9) Pasportingizni yo‘qotmang!

10) O‘zbekiston o‘rgimchak miyalar qo‘lida qolmasligi uchun orqaga qaytishni reja qilib keting. Mamlakatimizda o‘qimishli va malakali insonlar soni ko‘paygani sari albatta bir kun taraqqiy etgan mamlakatlardan biriga aylanamiz. Shunday ekan g‘arbning ommaviy madaniyatini o‘rganiboq qaytganingiz maʼqul
316 viewsedited  16:03
Ochish/sharhlash
2022-03-11 15:01:55 Bugun ertalab darsda 21 yoshli kursdoshim vafot etganini xabar topdim. Oxirgi bor 2 oy avval ko‘rgandim, oshqozon saratoni bo‘lib qolgandi, bechora. Juma namozidan keyin esa 25 yoshli bir ayolning janozasi bo‘lib o‘tdi, farzand ko‘rayotib vafot etibdi.

O‘lim ajoyib hodisa, inson hech o‘lmaydigandek yashaydi bir ko‘zini ochib yumganidan keyin esa hech yashamagandek o‘lib ketadi.
Oxirgi oylarda o‘limni juda ham ko‘p o‘ylayapman. Shuning uchun bo'lsa kerak, o‘lim endi men uchun noaniqlik emas, qo‘rqmay qo‘ydim. Lekin keyinchalik odamlar meni o‘lik deb bilishlarini o‘ylasam biroz bezovta bo‘laman. Men bir yerda bo‘laman, qayerlardadir. Bu mening yolg‘izligim.

Yaratganni o‘zidan xayrli o‘lim nasib qilishini so‘rab qolaman.
469 views12:01
Ochish/sharhlash
2022-01-25 14:44:47
Kecha chaqmoq chaqib, momoqaldiroq gumburlab rossa… qor yog'di (!!!). Bunaqasini birinchi marta ko'rishim.

Butun Turkiya qalin qorga qoplandi. Oxirgi 29 yilning eng kuchli qor bo'roni ekan. Vaziyat izdan chiqdi, aeraport, avtomagistral yo'llar va hatto shahar ichidagi avtomabil yo'llarida ham o'n minglab odamlar soatlarcha bo'ron ostida qolib ketdi.

Yoshligimda, TVdagi xabarlarda Amerika yoki qaysidir Shimoliy mamlakatlarda yuz bergan xolat shundoqqina ko'z o'ngimda yuz bermoqda. Qor qalinligi 70 smgacha chiqqan yerlar bor.
717 views11:44
Ochish/sharhlash