Get Mystery Box with random crypto!

Mutaxassislarning taʼkidlashiga ko‘ra, Ukrainaning qurshov har | Xorijdagi talabadan maktublar

Mutaxassislarning taʼkidlashiga ko‘ra, Ukrainaning qurshov harakati taxminan 3-4 kun ichida yakunlanadi. Hozircha bu operatsiyasining ko‘ngildagidek bo‘lmasligi uchun faqatgina ikkita sabab bordek ko‘rinmoqda, biri Belarus armiyasining urushga aralashishi, ikkinchisi esa ruslarning taktik yadro bombalaridan foydalanishi. Belorus armiyasi urushda qatnashgan taqdirda ham operatsiya hududiga yetib borishiga bir necha kun kerak. Yaʼni belarus qo‘shinlari yetib kelganda, qamal to‘liq yakunlanishi turgan gap. Taktik atom bombalari esa ukrainaliklar bilan birgalikda ruslarning o‘zini ham falaj qilib qo‘yishi mumkin, bu esa rus qo‘shinlarini qamalda qolmasligini taʼminlaydi biroq ruslarning hujumkorlik qobiliyati ham batamom yo‘qoladi va rus qo‘shinlarining chekinishdan boshqa chorasi qolmaydi. Atom qurolidan foydalanish (kichik ko‘rinishda bo‘lsa ham) katta eskalatsiya harakati bo‘lardi. Putin bunday tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymaydi deb o‘ylayman (yana kim biladi deysiz, undan hamma narsani kutsa bo‘ladi). Agar ukrainlarning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tsa, urush taxminan 5 hafta ichida Ukrainaning g‘alabasi bilan yakunlanishi borasida taxmin qilmoqdaman. Operatsiya tugagach buni batafsil tahlilini yana yozishga harakat qilaman.