Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ertalab darsda 21 yoshli kursdoshim vafot etganini xabar | Xorijdagi talabadan maktublar

Bugun ertalab darsda 21 yoshli kursdoshim vafot etganini xabar topdim. Oxirgi bor 2 oy avval ko‘rgandim, oshqozon saratoni bo‘lib qolgandi, bechora. Juma namozidan keyin esa 25 yoshli bir ayolning janozasi bo‘lib o‘tdi, farzand ko‘rayotib vafot etibdi.

O‘lim ajoyib hodisa, inson hech o‘lmaydigandek yashaydi bir ko‘zini ochib yumganidan keyin esa hech yashamagandek o‘lib ketadi.
Oxirgi oylarda o‘limni juda ham ko‘p o‘ylayapman. Shuning uchun bo'lsa kerak, o‘lim endi men uchun noaniqlik emas, qo‘rqmay qo‘ydim. Lekin keyinchalik odamlar meni o‘lik deb bilishlarini o‘ylasam biroz bezovta bo‘laman. Men bir yerda bo‘laman, qayerlardadir. Bu mening yolg‘izligim.

Yaratganni o‘zidan xayrli o‘lim nasib qilishini so‘rab qolaman.