Get Mystery Box with random crypto!

Traderlikdan biroz xabarim bor. Bugun rus birjalari qanday vaz | Xorijdagi talabadan maktublar

Traderlikdan biroz xabarim bor. Bugun rus birjalari qanday vaziyatda, nimalar yuz bermoqda ekan deb bir kichik tadqiqot olib bordim. Tadqiqot natijasi esa meni jilmayishga majbur qildi. Bosqinchi ruslar va boshqa radikal propaganda bilan xalqni boshqaradigan diktaturalar uchun kutilgan holat lekin baribir jilmayib qo‘ydim. Tadqiqotimga qaytsak:

1 Sber aksiyasi bugungi kunda 0,12 GBPʼgacha (funt sterling) ko‘tarildi.

Rossiya fond bozorida esa Sber aksiyalari 143 rublgacha ko‘tarildi.

Dollar qarshisida rasmiy kurs esa: 82,20 rublgacha tushdi (1 GBP = 108 rubl).

Yaʼni siz borib 1 funtni 108 rubldan sotib olishingiz mumkin, keyin esa siz o‘sha pulga 8 tona Sber aksiyasini sotib ololasiz.

Rossiyada o‘sha Sber aksiyalarining 8 donasini 143 rubldan sotsangiz jaami 1144 rubl pul bo‘ladi. Boshqacha aytganda 1036 rubl foyda qilasiz. 1 funt sterlingiz bir aylanib 10.50 funt sterling bo‘lyapti.

Bunday holda, Rossiya fond bozorida aksiyalarni sotib olish uchun siz yo ahmoq bo‘lishingiz yoki fond bozorini yuqorida sunʼiy ravishda ushlab turishga harakat qilayotgan davlat bo‘lishingiz kerak.

Shu ishni trade qilaman desangiz; Rossiyada qisqa muddatli sotish taqiqlanganligi sababli, agar sizda Sber aksiyalari bo‘lmasa bunday oldi-sotdi qila olmaysiz. Rossiyadagi juda ham cheklangan bir qancha odamga esa bunday qilishga ro'xsat bor.

Qissadan hissa, agar rubl dollarga qarshi 82 qiymatiga teng bo‘lsa va siz dollarni shu narxda sotib olishingiz shu bilan birgalikda sotishingiz mumkin bo‘lsa, Sber aksiyasining haqiqiy qiymati 14 rubl bo‘lishi kerak. Yoki Sber aksiyasining narxi to‘g‘ri narx bo‘lsa, unda 1 dollar 844 rubl bo‘lishi lozim. Hammayoq kasha bo‘lib yotibdi.