Get Mystery Box with random crypto!

C rejasiga ko‘ra, Kiyev shimolidagi rus qo‘shinlari, yordamchi | Xorijdagi talabadan maktublar

C rejasiga ko‘ra, Kiyev shimolidagi rus qo‘shinlari, yordamchi kuchlar bilan qo‘llab-quvvatlanmaguncha mudofaa pozitsiyasini egallab, uzoq masofali artilleriya bilan Kiyevni harakatsizlantirishga urunishadan iborat. Xo‘sh, qo‘llab-quvvatlash qayerdan keladi? Ikkita variant bor, lekin ikkalasi ham muammoli. Birinchisi, janub tomonidan, lekin Mariopol qarshilik ko‘rsatyotgani va hali beri qulamasligi haqiatga yaqin bo'lgani uchun bu dargumon ko‘rinmoqda. Mariopol qulagan taqdirda ham, askarlarning Ukraina orqali shimolga borishi juda qiyin. Xerson va Kiyev orasidagi masofa 560 km. Dushman hududidagi shaharlarning xavfsizligini taʼminlamasdan, bunday masofani bosib o‘tishga urinish logistika falokatidir. Boshqa variant esa Chernov va Sumi o‘rtasidagi shimoli-sharqiy jabha. Bu yerdagi kuchlar Kiyevga, Chernov va Sumidek nisbatan kichik shaharlarni o‘rab olgandan so‘ng, qolgan qo‘shinlar xaritada ko‘rsatilganidek, Kiyev tomon yurishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin bu yerda ham katta muammo bor. Kiyev sharqini qamal qilish strategik ahamiyatga ega emas. Shaharning hayotiy tarmog‘i g‘arb bilan bog‘langan. Harbiy va gumanitar yordam Polshadan Lvovga va u yerdan Kiyevga yetib boradi. Demak, bu sharqdagi qo‘shinlar g‘arbga o‘tishi kerak. Shuning uchun ular buyuk Dnepr daryosidan o‘tishga majbur. Yevropadagi eng keng daryolardan biri bo‘lgan bu daryo Kiyevni teng o‘rtasidan ikkiga ajratib turadi. Shuning uchun, sharqdagi rus qo‘shinlari g‘arbga o‘tish uchun Kiyevga xavfli darajada yaqinlashdi. Kiyevga yaqinlashgan rus qo‘shinlari Ukraina armiyasi tomonidan katta yo‘qotishlarga uchradi va ularning daryoni kesib o‘tishga urinishlari ketma ket muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.

Urushning harbiy strategik maqsadlarining tushinirishga xarakat qilib ko‘rdim, keling endi birinchi nuqtaga qaytaylik. Rasmdagi xaritadagidek Xostomel, Irpin va Buchadagi rus qo‘shinlari Ukrainaning qarshi hujumi natijasida haqiqatan ham qurshab olingan bo‘lsa, Rossiya armiyasi yaqin vaqt oralig‘ida o‘ziga kela olmaydi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, Kiyev shimolidagi ruslar taxminan 8-10 kun ichida qo‘llab-quvvatlash kelishini kutayotgan bir paytda, xavfsizlik uchun mudofaa pozitsiyasini egallagan edi. Ammo taxminan 3-4 kun oldin ular hujum operatsiyasini uyushtirib, front chizig‘ini 40 foizga uzaytirdilar. Nega rus qo‘shinlari mudofaa pozitsiyasini egallab turgan bir vaqtda, hech qanday yordamisiz bunday tavakkal qiladi degan savol to‘g‘iladi? Buning juda oddiy sababi bor. M06 avtmogistral yo‘li. G‘arbdan kelayotgan yordam, Kiyevga va u erdan boshqa jabhalarga shu yo‘l orqali oqib kelmoqda, boshqacha aytganda, M06 Kiyevning g‘arbiy qismidagi Lvovga bog‘laydigan asosiy kirish yo‘lidir. Harbiy texnika, qo‘shinlar, oziq-ovqat va insonparvarlik yordami bu yo‘ldan kelayotgani uchun urush Rossiya uchun yomonlashdi. Shuning uchun Kiyev shimolidagi rus qo‘shinlari janubiy frontdan yoki shimoliy-sharqiy frontdan kutilgan yordam kelguniga qadar bu yo‘lni to‘sish uchun harakat qilib ko‘rishdi. Bu bilan ruslar katta qimor o‘ynab, xaritadagi Myla-Berezivka pozitsiyasini egallab olishdi. Natijada oldingi front chizig‘i juda uzun va kuchsuz bo‘lib qoldi.

Ukraina armiyasi esa bu imkoniyatdan juda yaxshi foydalanmoqda. Ochig‘ini aytsam, men ruslarni Xostemel-Bucha-Irpindan haydab chiqarish uchun to‘g‘ridan qarshi hujumni kutgandim, ammo so‘nggi maʼlumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, ular u erdagi rus qo‘shinlarini qurshab olish operatsiyasi bilan yo‘q qilishni rejalashtirmoqda. Agar bu qurshov muvaffaqiyatli bo‘lsa, taxminan 9-15 ming rus askari taslim bo‘lishiga to‘g‘ri keladi va Ukraina juda ko‘p ruslarning qurol-yaroq va artilleriyasini qo‘lga kiritadi. Bu Rossiyaning shimoliy jabhasini butunlay qulashini anglatadi. Kiyevda kelayotgan kunlar davomida havo harorati nisbatan issiq, quruq va tiniq ko‘rinmoqda. Bu ham Ukraina armiyasi uchun qaysidir maʼnoda qulay imkoniyat.