Get Mystery Box with random crypto!

Kecha chaqmoq chaqib, momoqaldiroq gumburlab rossa… qor yog'di | Xorijdagi talabadan maktublar

Kecha chaqmoq chaqib, momoqaldiroq gumburlab rossa… qor yog'di (!!!). Bunaqasini birinchi marta ko'rishim.

Butun Turkiya qalin qorga qoplandi. Oxirgi 29 yilning eng kuchli qor bo'roni ekan. Vaziyat izdan chiqdi, aeraport, avtomagistral yo'llar va hatto shahar ichidagi avtomabil yo'llarida ham o'n minglab odamlar soatlarcha bo'ron ostida qolib ketdi.

Yoshligimda, TVdagi xabarlarda Amerika yoki qaysidir Shimoliy mamlakatlarda yuz bergan xolat shundoqqina ko'z o'ngimda yuz bermoqda. Qor qalinligi 70 smgacha chiqqan yerlar bor.