2023-03-29 09:27:46
#yangiliklar
Prezident pensiya, nafaqalar, oyliklar miqdorini oshirish haqidagi hujjatni imzoladi1-apreldan pensiya va nafaqalar, 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdori oshiriladi.
Prezident farmoni bilan 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga, 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7%ga oshirilmoqda.
Shunga ko'ra:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiyalar – 677 000 so‘m;
- ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 747 000 so‘m qilib belgilanadi.
1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdori 7%ga oshiriladi.
Shunga ko'ra:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 980 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 so‘m qilib belgilanadi.
10 viewsedited 06:27