Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.34K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 129

2022-01-20 13:54:48
"Zakovat" intellektual teleo’yini ixlosmandlari diqqatiga!

2022-yilning qishki mavsumiga start berilmoqda!

Yangi mavsumning ilk o'yini, ertaga — 21-yanvar, juma kuni soat 21:30 da "Milliy" telekanalida bo‘lib o‘tadi. Savol yo'llagan teletomoshabinlarga qarshi Zafar Rahimov jamoasi bahs olib boradi.

Muxlislar va bilimdonlar o‘rtasidagi shiddatli intellektual bahslarni o‘tkazib yubormang.


@zakovat
7.3K viewsedited  10:54
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:31:41 “Zakovat” klubi aʼzolari va muxlislari uchun ajoyib yangilik!

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun "Zakovat" intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

2021-yil oktyabr oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida “Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichiga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir soʻngida nutq soʻzlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun koʻplab tashabbuslarni bildirgan edi.

Ushbu tashabbuslar ijrosini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar Prezident qarorida belgilab berildi. Jumladan:

— Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga “Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarni tizimli ravishda rivojlantirishga doir vazifalar yuklandi;

— 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi;

— 2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda oliy taʼlim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual oʻyinlar jamoalari uchun alohida xonalar tashkil etiladi;

— 2022-yildan boshlab har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan oliy taʼlim muassasasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;

— intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

— taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan professor-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi;

— 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri oʻtkazib boriladi;

— yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida mashhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi;

— “Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlarining hududiy va respublika bosqichi gʻoliblarini oʻz mutaxassisligi boʻyicha kadrlar zaxirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

— Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da mavsumiy ishlaydigan “Intellektual maktab” loyihasi yoʻlga qoʻyiladi;

— “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”ga tutash hududda “Zakovat intellektual oʻyinlari klubi” uchun alohida bino hamda “Intellektual oʻyinlar shaharchasi” barpo etiladi. Mazkur binolar Yoshlar ishlari agentligining balansida boʻladi;

— intellektual turnirlar tashkil qilish, bilimdon yoshlarni ragʻbatlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil oʻyinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish maqsadida 2022-yilda 50 mlrd soʻm miqdorida, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat byudjetidan mablagʻ ajratiladi.


@zakovat
8.7K views10:31
Ochish/sharhlash
2022-01-12 09:22:10
3 ta iPhone 13 pro va 45 ta Smart watch'dan biriga ega bo‘ling!

Ayni vaqtda qishki ta’tilda bo‘lgan ko‘plab yoshlarning taklif va istaklariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining telegramdagi rasmiy sahifasida “Zakovat” viktorinasiga start beriladi.

Aziz yoshlar, barchangizni 12-yanvardan 5-fevralga qadar @yoshlartanlovbot telegram botida o‘ynaladigan onlayn “Zakovat” viktorinasiga taklif etamiz! Loyiha konsepsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Savollar har kuni 12:00 va 18:00 da berib boriladi.

Hoziroq @yoshlartanlovbot dan ro‘yxatdan o‘ting!

@yoshlarittifoqi_uz
4.8K views06:22
Ochish/sharhlash
2021-12-31 15:04:51
2021-yil “Zakovat” uchun tarixiy yil boʻldi.

10-fevral kuni “Zakovat” intellektual klubi Mass-media fondi taʼsischiligida nodavlat notijorat tashkilot sifatida Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtdi. Shundan soʻng yil davom yirik intellektual turnirlar tashkil etildi. Butun Oʻzbekiston boʻylab intellektual oʻyinlarga boʻlgan qiziqish bir necha barobarga ortdi. Bilimdonlar orasida millionerlar paydo boʻldi.

Yil soʻnggida oʻtkazilgan grand final bahslarida esa shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, barcha bilimdon yoshlarga tabrik yoʻlladi. Chempion bilimdonlar hamda “Zakovat” klubi rahbari Abdurasul Abdullayevni shu joyning oʻzida davlat mukofoti bilan taqdirladi. Xorazmlik bilimdonlarning har biri Gentra avtomobilini qoʻlga kiritdi.

Umid qilamizki, 2022-yilda ham bilimga boʻlgan eʼtibor va qiziqish yuqori darajada boʻladi. Yoshlar orasida yangi bilimdonlar kashf qilinadi, yurtdoshlarimiz aql va zakovat yoʻlida birlashadi.

Barchangizga yangi yil muborak, hurmatli bilimdonlar!

@zakovat
87.4K views12:04
Ochish/sharhlash
2021-12-13 14:05:56
"Zakovat intellektual klubi"ning Xorazm viloyati filiali tomonidan "Yangi O'zbekiston yoshlari forumi–2021" doirasida "SINXRON" turniri tashkil etildi.

2021-yil 12-dekabr kuni Xorazm viloyatidagi barcha shahar va tumanlarda "Zakovat" intellektual o‘yini hududiy bosqichlari "SINXRON" tarzda bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirlarda barcha hududlardagi jamoalar bir vaqtni o'zida bir xil savollar bo‘yicha bellashdilar. O'yin so'ngida Final bosqichida ishtirok etuvchi har bir hudud g‘oliblari aniqlandi.

Bundan biroz avval Xorazm viloyati Xalq ta'limi bo'limi va Zakovat intellektual klubining Xorazm viloyati filiali hamkorligida, Xorazm maktab o'quvchilari o'rtasida ham "Zakovat" intellektual o'yinining sinxron turniri bo'lib o'tdi.

Turnirning tuman bosqichida viloyatdagi 549 ta maktabning 3294 nafar iqtidorli oʻquvchilari bir vaqtning o‘zida bir xil savollar jamlanmasini o‘ynashdi.

@zakovat
9.0K views11:05
Ochish/sharhlash
2021-12-01 08:41:22
Zakovat intellektual teleo'yini ixlosmandlari diqqatiga!

Muxlislar va bilimdonlar o'rtasidagi intellektual bahslar eng qiziq pallasiga yetib keldi!

2021-yil Kuzgi mavsumning Final oʻyini 3-dekabr Juma soat 21:30 da Milliy telekanalida boʻlib oʻtadi. Finalda tomoshabinlar diqqatiga Jobir Axmedov jamoasi o'yini taqdim etiladi.

@zakovat
25.6K viewsedited  05:41
Ochish/sharhlash
2021-11-26 13:33:10
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkil etilganining 90 yillik yubileyi munosabati bilan joriy yilning 25-noyabr kuni Universitet binosida “Zakovat” intellektual turniri bo’lib oʻtdi.

Unda 21 ta OTM jamoalari bahs olib bordi.

Murosasiz kechgan bahslar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-oʻrin: O’zbekiston milliy universitetining “Tafakkur” jamoasi;
2-oʻrin: Toshkent davlat yuridik universitetining "Public law" jamoasi;
3-oʻrin: Toshkent kimyo texnologiyalari institutining "Born to win" jamoasi.

Gʻolib jamoa 10 mln soʻm, ikkinchi oʻrindagi jamoa 7,5 mln soʻm va uchinchi oʻrinni olgan jamoa 5 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.


@zakovat
212.8K viewsedited  10:33
Ochish/sharhlash
2021-11-22 17:43:17
Zakovat intellektual teleo'yini ixlosmandlari diqqatiga!

Muxlislar va bilimdonlar o'rtasidagi intellektual bahslar eng qizg'in pallasiga kirib bormoqda!

2021-yilning Kuzgi mavsum o'yinlari davom etmoqda. 26-noyabr Juma soat 21:30 da Milliy telekanalida tomoshabinlar diqqatiga Jobir Ahmedov jamoasi o'yini taqdim etiladi.

@zakovat
32.7K viewsedited  14:43
Ochish/sharhlash
2021-11-16 21:09:37
224.7K views18:09
Ochish/sharhlash
2021-02-12 20:21:27
Ҳурматли билимдонлар! "Zakovat" клубига аъзо бўлинг!
zakovat.tv

#zakovatdakuch
#uzbekpower
7.6K views17:21
Ochish/sharhlash