Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.34K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 124

2022-02-04 20:04:43
2-savol:

Boshlovchi: Marhamat, ikkinchi suratga e’tibor qarating! Turkmanistondagi bir universitet binosini ko‘rib turibsiz.

Diqqat savol: Bu qanday universitet?

@zakovat
8.1K views17:04
Ochish/sharhlash
2022-02-04 20:04:27
Javobni Farrux Rafiqov beradi: Bu binoda Turkmaniston ta’lim vazirligi joylashgan.

To‘g‘ri javob: Bu Turkmaniston ta’lim vazirligining binosi.

@zakovat
7.8K views17:04
Ochish/sharhlash
2022-02-04 20:03:57
-raund. Blits savollari. Savollar muallifi - Oybek Toshturdiyev, Olmaliq shahri.

1-savol:

Boshlovchi: Suratga e’tibor bering!

Diqqat savol: Turkmanistondagi ushbu binoda aniq qaysi vazirlik faoliyat olib boradi?

@zakovat
8.0K views17:03
Ochish/sharhlash
2022-02-04 20:01:44 Jamoa muddatdan oldin javob berdi.

Javobni Ravshan Ismoilov beradi: Agata Kristi, Erkyul Puaro deb nomlagan.

To‘g‘ri javob: Dastlab Erkyules deb qo’ymoqchi bo‘lgan, keyinchalik talaffuz Gerkulesga o‘xshab ketarkan deb Erkyul deb qo‘ygan.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
8.6K views17:01
Ochish/sharhlash
2022-02-04 20:01:25 -raund. Savol muallifi - Charosbeka Boltaboyeva, Turkmaniston Respublikasi, Toshhovuz viloyati.

Boshlovchi: Biz so‘ramoqchi bo’lgan muallif bosh qahramoniga avval boshda afsonaviy qahramon Gerkules nomini qo‘ymoqchi bo’ladi. Lekin unga bu sal kulguli tuyuladi. Lekin bosh qahramonini nomlashda sevimli ismini yoddan chiqarmaydi.

Diqqat savol: U muallif kim? Bosh qahramoniga qanday ism bergan?

@zakovat
8.3K views17:01
Ochish/sharhlash
2022-02-04 19:58:41 Javobni Umarxon Sharif beradi: Ular arilar. Bolalar sovunlarni olib arilarni jig‘iga tegishgan va arilarda bu hidga yomon reaksiya paydo bo‘lgan. Bu sovundan foydalanadigan AQSh askarlariga keyinchalik hujum qilishgan.

To‘g‘ri javob: Ularda hid bilish xususiyati juda yuqori bo‘ladi. Uyasi buzilgandan keyin ular g‘azab bilan shu sovun hidini qidirib ketishadi. Shu sovun hidini qayerda topishsa askarlarni talashadi.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
8.8K views16:58
Ochish/sharhlash
2022-02-04 19:56:44 -raund. Savol muallifi - Qosimxon Axrorov, Bo‘stonliq tumani.

Boshlovchi: XX asr 60-70 yillarida AQSh Vetnamda juda uzoq va katta urush olib borgan. Vetnamlik bolalar AQSh gornizonida xizmatkorlik qilib yurib, askarlarni ajoyib hidli sovunlarini o‘g‘irlab qochisharkan. Keyin o‘rmonga borib shu sovun bog‘langan yog‘och bilan ularni jig‘iga tegisharkan.

Diqqat savol: Ularni toping!

@zakovat
9.5K views16:56
Ochish/sharhlash
2022-02-01 13:01:55
“Zakovat” intellektual klubi «Eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlari»dan biri deb topildi

Prezidentning 2021-yil 4-martdagi PF–6181-son farmoni asosida Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksini baholash metodikasi ishlab chiqilgan edi.

Shunga koʻra, 2021-yildagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Adliya vazirligi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan baholash ishlari amalga oshirildi.

100 dan ortiq NNTlar orasida “Zakovat intelektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti 3-oʻrinda qayd etildi.

Batafsil ma'lumot


@zakovat
12.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:32:14 ”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

Hurmatli teletomoshabinlar!

Endi “Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin.

2022-yilgi mavsumda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Barcha o‘yinlarda (yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 5 mln so‘m.

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 25 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali. Konvert ustiga "Zakovat" ko'rsatuvi uchun" deb yozish esdan chiqmasin;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizlarning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!


@zakovat
3.4K views17:32
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:31:42 Eng yaxshi savol muallifi - Nafisa Misriddinova, "Soliq" haqidagi savoli uchun 5 mln so‘m pul mukofotiga ega boʻldi.

O‘yinning eng faol bilimdoni - Nazokat Abdusayitova, 5 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.1K views17:31
Ochish/sharhlash