Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.34K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 122

2022-02-11 20:01:16 -raund. Savol muallifi – Zuhriddin Muhiddinov, To‘raqo‘rg‘on tumani.

Boshlovchi:
O‘zbekiston qahramoni Ozod Sharofiddinov bir maqolasida "oxori to‘kilmagan" degan iborani ko‘pchilik yangi kiyim-kechak predmetiga nisbatan ishlatishadi deb o‘ylashi haqida yozgan. Aslida bu iborani boshqa, ma’naviyat kishilari ishlatadi deb yozgan.

Diqqat savol: "Oxori to‘kilmagan" iborasini shoir va ma'naviyat vakillari qachon ishlatishgan?

@zakovat
13.8K views17:01
Ochish/sharhlash
2022-02-11 19:51:37 Javobni Feruz Xo‘jayev beradi: Soat, chunki vaqtni isrofiga ham ishora qilib ketilgan.

To‘g‘ri javob: Odatda odamlar uni isrofi haqida o‘ylashmaydi, eng ko‘p isrof qilinadigan narsa ham aynan shu narsa. Bu narsa soat.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
15.1K views16:51
Ochish/sharhlash
2022-02-11 19:49:50 -raund. Savol muallifi - Feruza Haqberdiyeva, Pastdarg‘om tumani.

Boshlovchi
: Marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Isrof" nomli kitoblari mavjud. Kitobni ahamiyatli tomoni shundan iboratki, kitobni muqovasida isrofgarchilikka mos bo‘lgan suratlar berilgan. Masalan: vodoprovod, qandil, dasturxon to‘la noz ne’mat. Sarlavhada yana nimanidir surati qolib ketgan, eng tepada.

Diqqat savol: Muqovada yana nimani surati tasvirlangan?

@zakovat
15.3K views16:49
Ochish/sharhlash
2022-02-11 19:46:08 Javobni Navro‘z Xo‘jayev beradi: Sandiqchaning ichida masofaviy boshqaruv pulti bor. Kanaldan kanalga o‘tkazuvchi televizion pult.

To‘g‘ri javob: U paydo bo‘lishi bilan biror film yoqmay qolsa bir kanaldan boshqa kanalga o‘tib ketish oson bo‘la boshlagan va filmlar ham chala ko‘rila boshlangan. Sandiqchaning ichida televizion pult bor.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
15.4K views16:46
Ochish/sharhlash
2022-02-11 19:44:21 -raund. Savol muallifi – Qurbongul Karimova, Navoiy shahri.

Zakovat sandiqchasi olib chiqildi!

Boshlovchi
: Mashhur kinorejissor Piter Grinuey fikricha, odamlarni kinoga befarq bo‘lishi, 20-asrning 80-yillaridanoq boshlangan ekan. Sandiqchadagining paydo bo‘lishi, ommaviy qo‘llanishi sabab bo‘lgan ekan. Qisqa qilib aytganda sandiqchadagi kino bilan tomoshabin o‘rtasiga sovuqchilik tushurgan ekan.

Diqqat savol: Grinuey yoqtirmagan U narsa nima?

@zakovat
15.8K views16:44
Ochish/sharhlash
2022-02-11 19:41:32 Javobni Navro‘z Xo‘jayev beradi: Qizilishton.

To‘g‘ri javob: Erkak – qarag‘ay, ayol – unga yopishgan pechak.

Hisob: -

Savol muallifi Go'zal To'lebayeva 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
15.8K views16:41
Ochish/sharhlash
2022-02-09 15:11:31
Juma soat 21:30 da "Milliy" telekanalida Azamat Matkarimov jamoasi 2022-yilning qishki mavsumi to‘rtinchi o'yinida ishtirok etadi.

Jamoa a’zolari:

Azamat Matkarimov Xiva shahridagi prezident maktabi o‘qituvchisi (jamoa sardori);
Shodlik Xasanov - Xorazm ma'mun akademiyasi ilmiy ishlar bo`yicha direktor o‘rinbosari;
Jamoliddin Tojiyev- erkin ijodkor;
Navruz Xo'jayev - tadbirkor;
Feruz Xo'jayev - menejer.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Juma soat 21:30 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi. Savollarni birgalikda muhokama qilishingiz mumkin.

Qishki mavsum oldingi o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, quyidagi havolalar orqali Youtube kanalimizda ushbu o‘yinlarni tomosha qilishingiz mumkin:

1. Zafar Rahimov jamoasi o‘yini;
2. Madina Mirzaraxmatova jamoasi o‘yini;
3. Farrux Rafiqov jamoasi o‘yini.

Muxlislar va bilimdonlar o‘rtasidagi shiddatli intellektual bahslarni o‘tkazib yubormang.

@zakovat
29.8K views12:11
Ochish/sharhlash
2022-02-04 20:34:21 Live stream finished (1 hour)
17:34
Ochish/sharhlash
2022-02-04 20:33:50 ”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

Hurmatli teletomoshabinlar!

Endi “Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin.

2022-yilgi mavsumda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Barcha o‘yinlarda (yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 5 mln so‘m.

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 25 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali. Konvert ustiga "Zakovat" ko'rsatuvi uchun" deb yozish esdan chiqmasin;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizlarning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!


@zakovat
5.4K views17:33
Ochish/sharhlash
2022-02-04 20:33:25 Eng yaxshi savol muallifi - Mirsohib Quvonov "Sartarosh" haqidagi savoli uchun 5 mln so‘m pul mukofotiga ega boʻldi.

O‘yinning eng faol bilimdoni - Shavkat Ulug‘ov 5 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.5K views17:33
Ochish/sharhlash