Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.34K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 125

2022-01-28 20:28:23 Javobni Madina Mirzaraxmatova beradi: Buning asosiy sababi birinchi lift buzilib qolsa ikkinchisidan foydalanishadi. Ya'ni ikkinchi lift zahirada turadi.

To‘g‘ri javob: Birinchi lift faqat toq sonli qavatlarda, ikkinchisi juft sonli qavatlarda to'xtaydi. Bu orqali liftning har qavatda to'xtashi oldi olinadi.

Hisob: -

Savol muallifi Abdulaziz Sultonov 6 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.9K views17:28
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:26:18 Jamoa kreditga 1 daqiqa oldi.

@zakovat
8.9K views17:26
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:24:25 -raund. Savol muallifi: Abdulaziz Sultonov, AQSh, Merilend shtati.

Boshlovchi: Yevropa va AQShda osmono‘par binolarning har yo‘lagida 2 tadan lift harakatlanadi. Eng qizig'i bitta lift bo‘sh, ikkinchi liftda esa odamlar tirband, navbatda turishadi.

Diqqat savol: Nega liftlarda bunday holat kuzatiladi?

@zakovat
9.4K views17:24
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:19:53 Javobni Madina Mirzaraxmatova beradi: Taxminimizcha Ilon Maskning qo‘li.

To‘g‘ri javob: Bu Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkelning qo'li.

Hisob: -

Savol muallifi Marat Mamutov 5 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.5K viewsedited  17:19
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:16:39
-raund. Savol muallifi: Marat Mamutov, Nukus shahri.

Boshlovchi: Romb tasvirlangan qo‘l suratini tomosha qiling. Surat 2013-yilda ishlangan. Qo'l sohibi reklama plakati sifatida shu suratni chop ettirgan. Chunki u har uchrashuvda va yig'inlarda qo'lini shu ko'rinishda ushlagan.

Diqqat savol: Bu kimning reklama plakati?

@zakovat
9.6K views17:16
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:10:10 Javobni Nodira Turg'unova beradi: Albert Eynshteyn.

To‘g‘ri javob: Albert Eynshteyn.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.5K views17:10
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:08:39 -raund. Savol muallifi: Ahadbek Madrahimov, Dang'ara tumani.

Boshlovchi: Bir o'ta mashxur inson haqida yozilgan 8 qator she'r, aniqrog'i vasiyatga quloq tuting!

Afsonalar yaratmang mendan,
Havotirim aslida shundan.
Maqtaganni suymayin jinim,
Ermaklardim chiqarib tilim.

O'lsam yoqing ruxsiz jismimni,
Yod olsangiz yetar ismimni.
Shamollarga sovuring kulim,
Shu men uchun sharafli o'lim.

Diqqat savol: Bu qaysi mashhur insonning vasiyati?

@zakovat
9.6K views17:08
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:06:17 Javobni Nazokat Abdusayitova beradi: Savolda juda ham qashshoq davlatlar deb aytib o'tildi. Dorilarda esa "To'q qoringa ichilsin" degan yozuv bo'ladi. Birinchi oziq-ovqatdan yordam berishga qaror qiladi.

To‘g‘ri javob: U dorilarni tekshirib yozuvlarni o‘qib chiqadi. Hamma dorilarni to‘q qoringa ichish kerak deb yozilgan. Yozuvni ko‘rib qolib fikridan qaytadi.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.3K views17:06
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:03:44 -raund. Savol mualliflari: Muzayam Axtamova va Azamat Axtamov Qorovulbozor tumani.

Boshlovchi: Bir milliarder Afrikadagi eng qashshoq mamlakatlarga moddiy yordam berish uchun ularga dori-darmon yubormoqchi bo'ladi. Yuboriladigan hamma dorilardan unga bir nusxadan ko'rsatishadi. Hammasi yaqinda ishlab chiqarilgan, sifatli dorilar. Ammo dorilardagi bir xususiyatni tekshirib chiqqach, ularni qiynab qo'ymaslik uchun dorilarni yubormaslikka qaror qiladi. Keyin boshqa sohadan yordam bera qolay degan fikrga keladi.

Diqqat savol: Nima uni fikridan qaytargan?

@zakovat
9.5K views17:03
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:01:54 Javobni Nodira Bahromova beradi: Bu qush - tovus.

To‘g‘ri javob: Yoqimsiz ovozda qo'shiq aytadigan qo'shiqchiga nisbatan "Qarqunoqdan bulbul chiqibdi" deyiladi. To'g'ri javob - qarqunoq.

Hisob: -

Savol muallifi Sherali Tursunov 4 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.7K views17:01
Ochish/sharhlash