Get Mystery Box with random crypto!

2021-yil “Zakovat” uchun tarixiy yil boʻldi. 10-fevral kuni “ | Zakovat intellektual klubi

2021-yil “Zakovat” uchun tarixiy yil boʻldi.

10-fevral kuni “Zakovat” intellektual klubi Mass-media fondi taʼsischiligida nodavlat notijorat tashkilot sifatida Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtdi. Shundan soʻng yil davom yirik intellektual turnirlar tashkil etildi. Butun Oʻzbekiston boʻylab intellektual oʻyinlarga boʻlgan qiziqish bir necha barobarga ortdi. Bilimdonlar orasida millionerlar paydo boʻldi.

Yil soʻnggida oʻtkazilgan grand final bahslarida esa shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, barcha bilimdon yoshlarga tabrik yoʻlladi. Chempion bilimdonlar hamda “Zakovat” klubi rahbari Abdurasul Abdullayevni shu joyning oʻzida davlat mukofoti bilan taqdirladi. Xorazmlik bilimdonlarning har biri Gentra avtomobilini qoʻlga kiritdi.

Umid qilamizki, 2022-yilda ham bilimga boʻlgan eʼtibor va qiziqish yuqori darajada boʻladi. Yoshlar orasida yangi bilimdonlar kashf qilinadi, yurtdoshlarimiz aql va zakovat yoʻlida birlashadi.

Barchangizga yangi yil muborak, hurmatli bilimdonlar!

@zakovat