Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.34K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 126

2022-01-28 20:00:03 -raund. Savol muallifi: Sherali Tursunov, Termiz shahri.

Boshlovchi: O'zbek xalq og'zaki ijodida qushlar ko‘p hollarda o'ziga xos timsol sifatida berilgan. Masalan, semurg'-yuksaklik timsoli, anqoqush - kamyoblik timsoli, qaldirg'och - ezgulik va hokazo. Shunday bir qush borki, uning yoqimsiz ovozi noxush ovoz timsoli sifatida e'tirof etiladi. Bu qush haqida aytilgan maqolda uning yoqimsiz ovozi ideal ovoz sohiblariga tenglashtiriladi.

Diqqat savol: Bu qaysi qush?

@zakovat
10.0K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-01-28 19:55:47 Javobni Madina Mirzaraxmatova beradi: Hindiston deb atalgan.

To‘g‘ri javob: Xristofor Kolumb u yerlarni "Yangi dunyo" deb atagan.

Hisob: -

Savol muallifi Mo'min Shukurov 3 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.6K views16:55
Ochish/sharhlash
2022-01-28 19:54:53 -raund. Blits savollari. Savollar muallifi -
Mo
'min Shukurov, Chiroqchi tumani.

Blits mavzusi - Xristofor Kolumb.
1-savol:

Boshlovchi: Amerigo Vespuchchi qit'aga Amerika nomini berguncha Xristofor Kolumb uni boshqa nom bilan atab turgan.

Diqqat savol: Qanday nom bilan?

@zakovat
9.5K viewsedited  16:54
Ochish/sharhlash
2022-01-28 19:52:48 Javobni Nodira Bahromova beradi: Uzoq sharqdagi davlatlarning asosiy tirikchilik manbai dengizdan bo'ladi. Shundan kelib chiqib, dengizga yaqin uylar eng qimmat bo'lgan degan to'xtamga keldik.

To‘g‘ri javob: Qirol oilasiga yaqin uylar eng qimmat bo'lgan. Chunki qirolga qo'shni bo'lish hammaga ham nasib qilmaydi.

Hisob: -

Savol muallifi Pardavoy Umrzoqov 2 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.6K views16:52
Ochish/sharhlash
2022-01-28 19:50:57 -raund. Savol muallifi - Pardavoy Umrzoqov, Oqoltin tumani.

Boshlovchi: Osiyodagi eng qimmat ko'chmas mulk Yaponiya va Bangkokda ekan. Bangkokdagi qimmat uylar albatta markazda bo'lgan. Undan ham qimmat uylar esa UNING atrofidagi uylar ekan.

Diqqat savol: Bangkokda qaysi hududdagi uylar narxi eng qimmat?

@zakovat
9.5K views16:50
Ochish/sharhlash
2022-01-28 19:48:10 Jamoa muddatdan oldin javob berdi.

Javobni Nodira Turg'unova beradi: Rasmdagi bu inson hozirda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II.

To‘g‘ri javob: Bu ayol Yelizaveta II.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.6K views16:48
Ochish/sharhlash
2022-01-28 19:47:22
-raund. Savol muallifi - Bexruz Og'aniyozov, Olot tumani.

Boshlovchi: Ikkinchi jahon urushi davrida 5 oy tez yordam va harbiy yuk mashinasi mexanigi, haydovchisi bo'lib ishlagan bu ayol keyinchalik leytenant unvonini olgan. Otasi erkalab "Libet", eri erkalab "Kabik" deb chaqirgan.

Diqqat savol: Kim haqida gap ketmoqda?

@zakovat
10.0K views16:47
Ochish/sharhlash
2022-01-28 19:41:56 Jamoa klub yordamidan foydalandi.

Javobni Madina Mirzaraxmatova beradi: O'sha vaqtlarda ayollar uyda bo'lgan. Ular esa odatda kunduz vaqtida televizor ko'rgan.

To‘g‘ri javob: U paytda ko‘p ayollar uy bekalari bo‘lishgan. Ularga atalgan seriallar kunduz kuni ketgan. Ayollarga zarur mahsulotlar reklamasi ham shu seriallar ichida qo‘yilgan.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
10.5K views16:41
Ochish/sharhlash
2022-01-22 09:41:48 ”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

Hurmatli teletomoshabinlar!

Endi “Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin.

2022-yilgi mavsumda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Barcha o‘yinlarda (yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 5 mln so‘m.

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 25 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizlarning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!


@zakovat
246.0K viewsedited  06:41
Ochish/sharhlash
2022-01-21 20:33:07 Live stream finished (1 hour)
17:33
Ochish/sharhlash