Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 42.21K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-03-19 07:07:25
O‘quvchilar ligasi 2023/24-o‘quv yili bahorgi mavsumining 1-turidan keyingi reyting jadvali

1-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
14.9K views04:07
Ochish/sharhlash
2024-03-09 12:02:24
“Zakovat” teleo‘yini 2024-yilning birinchi o‘yini - Nilufar Sotiboldiyeva jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi.





Ko‘rsatuv homiysi - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
27.6K views09:02
Ochish/sharhlash
2024-03-05 10:34:37
14-aprel kuni “Zakovat” o‘yini bo‘yichi Intellektual marafon bo‘lib o‘tadi!

Marafon o‘yinlari respublikamizning 6 ta hududida o‘tkaziladi va unda respublikamizning barcha hududlaridagi professional jamoalar ishtirok etadi.

Musobaqa nizomi, o‘tkaziladigan hududlar, unda ishtirok etadigan jamoalar hamda boshqa tafsilotlar tez kunlarda e'lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
15.8K views07:34
Ochish/sharhlash
2024-03-03 14:41:18
Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi yakuniga yetdi!

Respublikamiz bo‘ylab jami 700 ga yaqin jamoa va 4 ming nafardan oshiq ayollar ishtirok etgan turnir o‘z nihoyasiga yetdi.

Murosasiz kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin - Ekspromt jamoasi (Toshkent shahri);
2-o‘rin - Yengil kavaleriya jamoasi (Toshkent shahri);
3-o‘rin - Valkiriya jamoasi (Farg‘ona viloyati);

G‘olib jamoalarning har bir a’zosi noutbuk hamda planshetlar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
23.6K viewsedited  11:41
Ochish/sharhlash
2024-03-02 16:06:37
Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi dasturi

Tadbir ertaga, 3-mart, yakshanba kuni soat 10:00da “Zakovat arena” binosida boshlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
16.4K views13:06
Ochish/sharhlash
2024-02-05 20:11:09
Talabalar ligasi 2023/24-o‘quv yili qishki mavsumining 7-turidan keyingi reyting jadvali

7-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
13.9K views17:11
Ochish/sharhlash
2024-01-28 14:33:40
“Zakovat” teleo‘yini uchun o‘tkazilgan kastingdan quyidagi 14 nafar bilimdon muvaffaqiyatli o‘tdi:

1. Navro‘z Xo‘jayev;
2. Oybek Qurbonov;
3. Muhammadamin Karimjonov;
4. Hazratali Abdunasimov;
5. Bog‘ibek Ashirov;
6. Timur Madalimov;
7. Sherzod Rashidov;
8. Sheroz Eraliyev;
9. Xudoberdi Ergashev;
10. Sardor Yo‘ldoshev;
11. Sherali Tursunov;
12. Diyorbek Mahmudjonov;
13. Abrorxo‘ja Eshxo‘jayev;
14. Dilshod Sharipov.

Mazkur bilimdonlardan “Zakovat” teleo‘yinining yozgi va kuzgi mavsumida ishtirok etadigan 2 ta yangi jamoa shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram |TikTok
31.4K viewsedited  11:33
Ochish/sharhlash
2024-01-26 16:25:27
O‘quvchilar ligasida kuzgi mavsum g‘oliblari taqdirlandi!

Kecha “Zakovat” o‘yini bo‘yicha O‘quvchilar ligasining 2023/24-o‘quv yili doirasidagi kuzgi mavsum g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

3 oy davom etgan kuzgi mavsum o‘yinlari yakunida quyidagi jamoalar mavsum g‘olibi bo‘ldi:

1-o‘rin: Qiziltepa tumanidagi 26-sonli maktab jamoasi;
2-o‘rin: Pop tumanidagi 67-sonli IDUMning “Geksagon” jamoasi;
3-o‘rin: To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 17-DIMI jamoasi.

Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan smartfon topshirildi!

Shuningdek, mavsum g‘olibi bo‘lgan jamoalarga diplom, mavsumda kuchli 20 talikka kirgan jamoalarga esa sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot uchun, O‘quvchilar ligasining 2023/24-o‘quv yili doirasidagi kuzgi mavsumda respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilaridan tuzilgan jami 2578 ta jamoa ishtirok etdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
15.7K views13:25
Ochish/sharhlash
2024-01-11 20:49:37
13-14-yanvar kunlari “Zakovat”, “Erudit-kvartet” va “Shaxsiy o‘yin” bo‘yicha professional jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionati dasturi

Manzil: “Zakovat arena”.
Mo‘ljal: “Beruniy” metro bekati.

Bu muhim: 13-yanvar kuni Shaxsiy o‘yinning saralash bosqichi soat 09:00da boshlanib, saralashga kechikib kelgan ishtirokchilar o‘yinga qo‘yilmaydi. Shu tufayli, Shaxsiy o‘yinning saralash bosqichida qatnashmoqchi bo‘lganlardan “Zakovat arena”ga ertaroq yetib kelishlarini so‘raymiz.

Chempionat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun ishtirokchilardan turnir nizomi bilan puxta tanishib chiqishlarini so‘raymiz.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
13.9K views17:49
Ochish/sharhlash
2024-01-06 14:05:26
OTM talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Intellektual olimpiadadan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
14.1K views11:05
Ochish/sharhlash