Get Mystery Box with random crypto!

'Zakovat intellektual klubi'ning Xorazm viloyati filiali tomon | Zakovat intellektual klubi

"Zakovat intellektual klubi"ning Xorazm viloyati filiali tomonidan "Yangi O'zbekiston yoshlari forumi–2021" doirasida "SINXRON" turniri tashkil etildi.

2021-yil 12-dekabr kuni Xorazm viloyatidagi barcha shahar va tumanlarda "Zakovat" intellektual o‘yini hududiy bosqichlari "SINXRON" tarzda bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirlarda barcha hududlardagi jamoalar bir vaqtni o'zida bir xil savollar bo‘yicha bellashdilar. O'yin so'ngida Final bosqichida ishtirok etuvchi har bir hudud g‘oliblari aniqlandi.

Bundan biroz avval Xorazm viloyati Xalq ta'limi bo'limi va Zakovat intellektual klubining Xorazm viloyati filiali hamkorligida, Xorazm maktab o'quvchilari o'rtasida ham "Zakovat" intellektual o'yinining sinxron turniri bo'lib o'tdi.

Turnirning tuman bosqichida viloyatdagi 549 ta maktabning 3294 nafar iqtidorli oʻquvchilari bir vaqtning o‘zida bir xil savollar jamlanmasini o‘ynashdi.

@zakovat