Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-17 10:25:45
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yigʻilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Davlat rahbari yigʻilish yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi.

Iqtisodiyot barqarorligiga sarmoya kiritish;
— Xalqaro savdoni ragʻbatlantirish;
— Energetik xavfsizlikni taʼminlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish;
Raqamlashtirishni jadallashtirish;
— Moliyaviy infratuzilmani modernizatsiya qilish;
Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash;
— “Yashil” iqtisodiyot dasturini ilgari surish masalalari forumning markaziy mavzulari boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.8K views07:25
Ochish/sharhlash
2023-05-17 08:25:18
Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizchaga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
— 1-o’rin: 3000 dollar.
— 2-o’rin: 2000 dollar.
— 3-o’rin: 1000 dollar.
— Qolgan 9 nafar finalistlarning har biriga 300 dollardan.
— Gʻolib boʻlgan 12 ta hikoya tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.

Hikoyalar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.6K views05:25
Ochish/sharhlash
2023-05-17 05:31:05
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
2.2K views02:31
Ochish/sharhlash
2023-05-13 17:56:59
Bizda uchta oltin medal!

Toshkentda oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston milliy jamoasining uch nafar aʼzosi finalga chiqib, 3 ta oltin medalga ega chiqdi.

Dastlabki jangda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Oʻzbekiston milliy jamoasi hisobida turnirdagi birinchi chempionlikni keltirdi.

Ikkinchi final jangida Hasanboy Doʻsmatov JCH-2023 oltin medaliga ega chiqdi.

Kunning soʻnggi final jangida eng ogʻir vazn toifasidagi oʻzbekistonlik charmqoʻlqop ustasi Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq raqibidan yaqqol ustunlik qilib, turnirning oltin medalini qoʻlga kiritgan holda ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
4.2K views14:56
Ochish/sharhlash
2023-05-13 16:18:42
Prezident Shavkat Mirziyoyev boks boʻyicha jahon chempionati oʻtayotgan “Humo Arena” sport majmuasiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bokschilari ishtirokidagi final bahslarini kuzatadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
563 views13:18
Ochish/sharhlash
2023-05-13 05:31:23
Filmlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.9K views02:31
Ochish/sharhlash
2023-05-13 05:15:06 Assalomu alaykum!

Bugun 13-may, Shanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 133-kuni.
Yil yakuniga 232 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon kokteyl kuni
Butunjahon kelajak uchun texnologiya kuni
Germaniyada otalar kuni
Braziliyada qullikni bekor qilish kuni

VOQEALAR:

1991-yi — “Apple” korporatsiyasi “Macintosh System 7”ni sotuvga chiqardi.
1993-yil — Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuidi birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
1995-yil — Chirchiq shahrida shaharning 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi.
2003-yil — Atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1857-yil — Ronald Ross — ingliz shifokori va parazitolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1882-yil — Jorj Brak — fransuz rassomi, haykaltarosh, dekorativ, kubizm asoschilaridan biri.
1896-yil — Charlz Ferdinand Payu de Mortanj — gollandiyalik ot sporti ustasi, 4 karra Olimpiya chempioni.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
2.0K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-05-13 05:01:36
Assalomu alaykum! Shanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugun sizga yaxshi kayfiyat hamroh bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.4K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-05-12 20:24:35
OʻzLiDeP Siyosiy kengashi aʼzolari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatish masalasini navbatdagi partiya Syezdi muhokamasiga kiritilishini qoʻllab-quvvatladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.2K views17:24
Ochish/sharhlash
2023-05-12 16:01:38
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkorlar

O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan, xorijda karyera qurib, keyinchalik qaytib kelgan do‘stlar mamlakatning restoran biznesiga yangi tushunchalar, BAA darajasidagi xizmat ko‘rsatishni tadbiq etish kerak degan qarorga kelishadi.

Karantin davri davom etayotgan, umumiy ovqatlanish sohasi kuchli “zarba”lar sinovidan o‘tayotgan bo‘lishiga qaramay, ular — Rustam Fayziyev, Shuhrat Ishonqulov, Sanjar Muhamedov va Mirshod Jamolovlar o‘zlari tug‘ilib-o‘sgan Buxoroda birinchi oliy xizmat ko‘rsatuvchi restoran — “Fillet”ni ishga tushirishgan.

Shuhrat Ishonqulov 14 yillik tajribaga, Sanjar Muhamedov hamda Mirshod Jamolov esa 13 yildan ortiq tajribaga ega oshpazlar bo‘lib, bir qancha mashhur restoranlarda ishlashgan. Rustam Fayziev esa marketolog, tadbirkor hamda menejer. Toshkentdagi Vestminster universitetida xalqaro biznes va marketing bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. 2012-yilda e-commerce sohasida o‘z loyihasini ishga tushirgan.

“Ish boshlashdam oldin Buxoro va Toshkentdagi mahalliy restoranlar bilan tanishishni boshladik. Tahlil bir nechta parametrlar bo‘yicha o‘tkazildi — xizmat ko‘rsatish, atmosfera, mahsulot, narx va sifat”, — deydi Rustam Fayziyev.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
851 views13:01
Ochish/sharhlash