Get Mystery Box with random crypto!

Bizda uchta oltin medal! Toshkentda oʻtayotgan boks boʻyich | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Bizda uchta oltin medal!

Toshkentda oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston milliy jamoasining uch nafar aʼzosi finalga chiqib, 3 ta oltin medalga ega chiqdi.

Dastlabki jangda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Oʻzbekiston milliy jamoasi hisobida turnirdagi birinchi chempionlikni keltirdi.

Ikkinchi final jangida Hasanboy Doʻsmatov JCH-2023 oltin medaliga ega chiqdi.

Kunning soʻnggi final jangida eng ogʻir vazn toifasidagi oʻzbekistonlik charmqoʻlqop ustasi Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq raqibidan yaqqol ustunlik qilib, turnirning oltin medalini qoʻlga kiritgan holda ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt