Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-05-04 16:15:38 #Bilasizmi #ish

Ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq boʻladi va u:

3 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizidan;

3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizidan;

5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizidan;

10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 150 foizidan;

15 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
905 views13:15
Ochish/sharhlash
2023-05-04 14:03:11 Endilikda Humo va Uzcard bankomatlari ikkala kartani ham qabul qila oladi

«Humo va Uzcard to‘lov tizimlari bankomatlarining o‘zaro integratsiyasi ishlari yakunlangan. Yaqin 10–15 kun ichida ikkita to‘lov tizimining terminallari ikkala kartani ham qabul qila oladi» — Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
994 views11:03
Ochish/sharhlash
2023-05-04 11:48:19
#iqtisodiytanaffus #21son

Tashqi qarz o’zi nima?

Bu safar sizga shu haqda ma'lumot beramiz!

O‘ylaymizki, tavsiyalar siz uchun foydali bo‘ladi!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
740 views08:48
Ochish/sharhlash
2023-05-04 08:34:45
Microsoft Office va Adobe dasturlari bo‘yicha milliy chempionat!

Chempionatda 13-22 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin. Milliy chempionatda eng yaxshi natija qayd etgan 6 ishtirokchi AQSHda boʻlib oʻtadigan xalqaro turnirda qatnashish imkonini qoʻlga kiritadi.

Milliy chempionat mukofotlari:
— 1-o‘rin: 4999$, kubok, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati
— 2-o‘rin: 2499$, medal, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati
— 3-o‘rin: 999$, medal, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati

Xalqaro turnir mukofotlari:
— 1-o‘rin: 8000$
— 2-o‘rin: 4000$
— 3-o‘rin: 2000$
— Shuningdek, xalqaro turnirda qatnashish va safar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.2K views05:34
Ochish/sharhlash
2023-05-04 05:31:07
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.3K views02:31
Ochish/sharhlash
2023-05-04 05:15:11 Assalomu alaykum!

Bugun 4-may, Payshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 124-kuni.
Yil yakuniga 241 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro o‘t o‘chiruvchilar kuni
Butunjahon sovg‘a berish kuni
Butunjahon astmaga qarshi kurash kuni
Fijida yoshlar kuni

VOQEALAR:

1715-yil — Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlandi.
1904-yil — Angliyada Genri Roys va Charlz Rolls “Rolls-Roys” nomi ostida mashinalar ishlab chiqarishni boshladi.
1927-yil — AQShda “Oskar” mukofoti bilan taqdirlaydigan Kinematografiya akademiyasi tashkil etildi.
1996-yil — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi tashkil topdi.

TAVALLUDLAR:

1655-yil — Bartolomeo Kristofori — italiyalik musiqa asboblari ustasi, pianino ixtirochisi.
1776-yil — Yoxann Fridrix Gerbart — nemis faylasufi, psixologi va tarbiyachisi, boshlang‘ich estetika asoschisi.
1899-yil — Frits fon Opel — “Opel” kompaniyasiga tamal toshini qo‘ygan nemis avtosanoatchisi.
1929-yil — Odri Xepbern — “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan britaniyalik aktrisa va raqqosa.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
2.6K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-05-04 05:01:38
Assalomu alaykum! Payshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.3K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-05-03 16:01:07
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Napoleon Xill

“O‘yla va boyib ket” asari muallifi bo‘lgan Xill 1883-yilda Virjiniya tog‘larida tug‘ilgan. Bolaligidanoq so‘z san’atiga mehr qo‘ygan, kuzatishlari asosida hikoya va eslatmalar yozgan. Jorjtaun universitetining huquq fakultetiga kelganida, yosh talaba kichik mahalliy gazetada muxbir sifatida qo’shimcha pul ishlay boshlagan.

Jurnalistik qobiliyat va iste’dod bilan u bir zumda o‘quvchilar e’tiborini qozongan. Faoliyati davomida u Klarens Darrou, Genri Ford, Jon Pierpont Morgan, Charlz Shvab kabi taniqli shaxslar, shuningdek, AQShning uchta prezidenti bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan.

1933-yilda prezident Ruzvelt bilan tanishgach, uning shaxsiy maslahatchi lavozimini egallagan. 1952-yilda “Napoleon Xill uyushmasi” tashkil etilgan, shundan so‘ng Xill shaxsiy muvaffaqiyat falsafasini tarqatish va targ‘ib qilishda faol ishtirok etgan. 80 yoshida o‘zining “Shaxsiy yutuqlar akademiyasi” uchun masofaviy o‘qitish ta’lim dasturini tuzgan va umrining so’nggacha “muvaffaqiyat formulasi” haqida gapirib, o‘quv faoliyati bilan shug’ullangan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
880 views13:01
Ochish/sharhlash
2023-05-03 14:05:34 #Bilasizmi #pul

Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 soʻm;

bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 soʻm;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 soʻm;

yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 soʻm;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 soʻm;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 soʻm;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 535 000 soʻm;

ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 535 000 soʻm.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
984 views11:05
Ochish/sharhlash
2023-05-03 10:12:18
Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Inson huquqlari va barqarorlik yoʻnalishi boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant!

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi quyidagi “Human Rights and Sustainability” magistrlik dasturini taklif etadi.

Bu magistrlik kursiga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant ajratiladi.

Ariza topshirish va darslar ingliz tilida amalga oshiriladi.

Grant imkoniyatlari:
Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
Oyiga 450 yevro stipendiya.
Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Arizalar 2023-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
989 views07:12
Ochish/sharhlash