Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-05-03 06:27:22
Bugun 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 3-mayda “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e'lon qilish va shu sanada matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan.

1994-yil 3-maydan buyon esa har yili shu sana dunyo bo‘ylab Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.

Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor tobora oshmoqda.

Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari va jurnalistlarni bugungi sana bilan samimiy tabriklab, ijodiga baraka va rivoj tilab qolaman!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
742 views03:27
Ochish/sharhlash
2023-05-03 05:30:56
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.5K views02:30
Ochish/sharhlash
2023-05-03 05:15:13 Assalomu alaykum!

Bugun 3-may, Chorshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 123-kuni.
Yil yakuniga 242 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon matbuot erkinligi kuni
Xalqaro quyosh kuni
AQSHda o‘qituvchilar kuni
Yaponiyada Konstitutsiya kuni

VOQEALAR:

1902-yil — AQShda «Pepsi» kompaniyasi tashkil topdi.
1904-yil — amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi ruchka uchun patent oldi.
1992-yil— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekneftgaz”—O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
1994-yil — Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqa ochildi.
2010-yil — “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1874-yil — Vagn Ekman — shved okeanografi, zamonaviy okeanografiya asoschilaridan biri.
1921-yil — Mirmuhsin — O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
1933-yil — Stiven Vaynberg — amerikalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1983-yil — Kamoliddin Tojiyev — Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi a'zosi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.9K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-05-03 05:01:25
Assalomu alaykum! Chorshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.2K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-05-02 16:00:43
Sayyoradagi eng boy ayol kim va u qanday qilib bunchalik boyib ketgan?

Quyida juda katta aktivlarga ega bo‘lgan fransuz ayoli va uning qiyin oilaviy munosabatlari haqida ma’lumot beramiz.

Fransuaza Bettenkur-Meyers 2017-yilda onasidan L’Oreal aksiyalarining uchdan bir qismini meros qilib oladi va Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 82,1 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy ayolga aylanadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
966 views13:00
Ochish/sharhlash
2023-05-02 12:37:09 Murojaatlarni koʻrib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor?

Qonunchilikka koʻra, quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik.

Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga 330 ming soʻmdan 990 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
986 views09:37
Ochish/sharhlash
2023-05-02 07:50:16
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 000 funt-sterling miqdorida).

Arizalar qabuli 2023-yil sentabr oyi boshida boshlanadi hamda 2023-yil dekabr yoki 2024-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.3K views04:50
Ochish/sharhlash
2023-05-02 05:30:27
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
2.3K views02:30
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:19:33
Qadrli vatandoshlar! Yurtimiz mehmonlari hamda aziz yoshlar! Sizlarni “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda o‘z nomimdan musulmon olamining qutlug‘ ayyomi — Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman!

Barchangizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu barakot, oilaviy baxt-saodat va yurtimiz ravnaqi yoʻlida olib borayotgan xayrli ishlaringizda rivoj tilayman! Niyati pok, maqsadi ulugʻ xalqimizning shu tabarruk kunda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat boʻlsin!

Shirin kalom ulashish, mehr koʻrsatish, ota-onalarimiz duosini olish, tabassum bilan muomalada boʻlish kabi yuksak axloq namunalari moʻmin-musulmonning nafaqat ulugʻ ayyom kunlaridagi, balki kundalik hayotidagi ajralmas odobidir. Alloh taolo Ramazon oyida qilgan ibodatlarimiz va tavbalarimizni qabul qilsin! Yaratganning oʻzi hamisha sizu bizga madadkor boʻlsin!

Hurmat bilan “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
297 views00:19
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:35:31 #Bilasizmi #pul

daromadi 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi.

davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
518 views12:35
Ochish/sharhlash