Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-05-12 13:15:37 #Bilasizmi #mehnatshartnomasi

3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra quyidagi asoslar boʻyicha bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi:

tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;

xodimning oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi;

xodimning oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
881 views10:15
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:07:48
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2023-2024-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
641 viewsedited  05:07
Ochish/sharhlash
2023-05-12 05:30:00
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.7K views02:30
Ochish/sharhlash
2023-05-12 05:15:00 Assalomu alaykum!

Bugun 12-may, Juma.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 132-kuni.
Yil yakuniga 233 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro hamshiralar kuni
Butunjahon obyektlarni boshqarish kuni
Tojikistonda Shoshmaqom kuni
Rossiyada ekologik ta’lim kuni

VOQEALAR:

1551-yil — Limada Amerika qit’asidagi ilk oliy o‘quv yurti — San-Markos universitetiga asos solindi.
1918-yil — Oʻzbekiston Milliy Universiteti tashkil topdi.
1930-yil — OʻzSSR Ichki ishlar komissarligining gazetasi ilk bor nashrdan chiqdi.
1992-yil — Oʻzbek davlat jahon tillari universiteti tashkil topdi.
1993-yil — Qirgʻiziston milliy valyutasiga ega boʻldi.

TAVALLUDLAR:

1803-yil — Yustus fon Libix — nemis kimyogari, ilmiy maktab asoschisi, agrokimyo asoschilaridan biri.
1823-yil — Jon Rassel Xaynd — ingliz astronomi, 10 ta asteroid, 2 ta kometa, bir nechta yulduzlarni kashf etgan olim.
1874-yil — Yakov Gakkel — rus va sobiq ittifoq muhandisi, samolyotlar va teplovozlar yaratuvchisi.
1874-yil — Klemens Pirke — avstriyalik pediatr, sil kasalligini aniqlash uchun teri testini ishlab chiqqan (Pirke reaktsiyasi) olim.
1895-yil — Uilyam Jiok — amerikalik fizik-kimyogar, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.4K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-05-12 05:00:16
Assalomu alaykum! Juma tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Ushbu xayrli kun barcha duolar mustajob boʻluvchi lahzalarga boy bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.0K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-11 16:00:00
“Safia”: Oilaviy tarixga ega boʻlgan qandolat doʻkonlari tarmogʻi tarixi

Bekzod Samigʻjanov — “Safia” kompaniyasi asoschilaridan biri bo‘lib, “Safia” — bu oilaviy biznes.

“Mening bobom Akmal Ayupov va buvim Muhayyo Qosimova qandolatchilik biznesini 2001-yilda tashkil etishgan. Ular sovet davridagi pechda pishirilgan teshikkulchalar, tvorogli bulochkalar va boshqa pishiriqlarni bozorda sotishgan. Ushbu mahsulotlarning retseptlari avloddan avlodga oʻtib, bizgacha yetib kelgan. Dastlab onam ham ularni ishlatgan. U bolaligidan pishiriqlarni yaxshi koʻrgan va ularni pishirish uning sevimli mashgʻulotiga aylangan.

Birinchi qandolat doʻkonini 2005-yilda Shifokorlar shaharchasida ochdik. Doʻkon onam Madina Ayupovaning sharafiga “Madinaning qandolat uyi” deb nomlangan edi, keyinchalik “ЦУМ"da savdo shaxobchasi paydo boʻldi. Shirinliklarni onam pishirar edi, biz aka-ukalar esa ularni sotishga yordam berardik. Biznesimiz oʻsa boshladi, ammo uning 2015-yilgacha maʼlum bir tizimi boʻlmagan, shuning uchun o‘sha paytlarda ishlash biroz qiyinlashardi. Oʻshanda biz bir narsani tushundik — biznesni yopish yoki uni oʻzgartirish kerak edi.

Shu bois yangi brend yaratishga qaror qildik, chunki Toshkentda boshqa koʻpgina pishiriq doʻkonlari ochilayotgan edi. Kompaniyamizni akamning qizi — jiyanim Safiya nomiga “Safia” deb nomlashga qaror qildik. Natijada, ikkita shaxobchamiz qandolat doʻkonlari tarmogʻiga aylandi”, — deydi Bekzod Samigʻjanov.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
660 views13:00
Ochish/sharhlash
2023-05-11 13:01:35 #Bilasizmi #pul

Qonunchilikka muvofiq, nogironlik pensiyalari, shu jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori 747 000 soʻm etib belgilangan.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlganlarga har oyda 500 ming soʻm miqdorida nafaqa toʻlovi toʻlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
747 views10:01
Ochish/sharhlash
2023-05-11 10:02:00
Building for Peace Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik xalqaro sammitda qantashish uchun toʻliq grant; joy — 5 ta!

Bu grant hamyonbop va barqaror uy-joy uchun innovatsiyalar hamda qochqinlar va zaif jamoalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga ijobiy hissa qoʻshayotgan 18-30 yoshli yetakchilarga Belfastdagi (Shimoliy Irlandiya) One Young World sammitida qatnashish imkonini beradi (ingliz tilida).

Sammit 2023-yil 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi. Jami 5 nafar yosh yetakchiga grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
822 views07:02
Ochish/sharhlash
2023-05-11 08:04:39
#iqtisodiytanaffus #22son

Keshbek nima va undan kimga foyda?

Bu safar sizga shu haqda ma'lumot beramiz!

O‘ylaymizki, tavsiyalar siz uchun foydali bo‘ladi!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
762 views05:04
Ochish/sharhlash
2023-05-11 05:30:13
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
2.7K views02:30
Ochish/sharhlash