Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkorlar | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkorlar

O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan, xorijda karyera qurib, keyinchalik qaytib kelgan do‘stlar mamlakatning restoran biznesiga yangi tushunchalar, BAA darajasidagi xizmat ko‘rsatishni tadbiq etish kerak degan qarorga kelishadi.

Karantin davri davom etayotgan, umumiy ovqatlanish sohasi kuchli “zarba”lar sinovidan o‘tayotgan bo‘lishiga qaramay, ular — Rustam Fayziyev, Shuhrat Ishonqulov, Sanjar Muhamedov va Mirshod Jamolovlar o‘zlari tug‘ilib-o‘sgan Buxoroda birinchi oliy xizmat ko‘rsatuvchi restoran — “Fillet”ni ishga tushirishgan.

Shuhrat Ishonqulov 14 yillik tajribaga, Sanjar Muhamedov hamda Mirshod Jamolov esa 13 yildan ortiq tajribaga ega oshpazlar bo‘lib, bir qancha mashhur restoranlarda ishlashgan. Rustam Fayziev esa marketolog, tadbirkor hamda menejer. Toshkentdagi Vestminster universitetida xalqaro biznes va marketing bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. 2012-yilda e-commerce sohasida o‘z loyihasini ishga tushirgan.

“Ish boshlashdam oldin Buxoro va Toshkentdagi mahalliy restoranlar bilan tanishishni boshladik. Tahlil bir nechta parametrlar bo‘yicha o‘tkazildi — xizmat ko‘rsatish, atmosfera, mahsulot, narx va sifat”, — deydi Rustam Fayziyev.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt