Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-05-11 05:15:05 Assalomu alaykum!

Bugun 11-may, Payshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 131-kuni.
Yil yakuniga 234 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Hindistonda texnologiyalar kuni
Laosda Konstitutsiya kuni

VOQEALAR:

1916-yil — Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasini e’lon qildi.
1920-yil — Oksford universiteti Kengashi xotin-qizlar uchun ta’lim olish imkonini berdi.
1928-yil — Nyu-Yorkda dunyodagi ilk muntazam teleko‘rsatuvni ishga tushirdi.
1996-yil — Shahrisabzda “Buyuk Temur, tabiat va inson” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1854-yil — Ottmar Mergentaler — linotip tipografiya dastgohi ixtirochisi.
1889-yil — Uolter Xaas — amerikalik tadbirkor, “Levi Strauss & Co” kompaniyasi asoschisi.
1946-yil — Tesha Mo‘minov — aktyor, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.
1956-yil — G‘aybulla Xojiyev — aktyor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatga artist.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.9K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-05-11 05:01:34
Assalomu alaykum! Payshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.3K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-05-10 16:02:23
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh tadbirkor Nurlibek Tajetdinov

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.0K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-05-10 13:15:30 #Bilasizmi #malakatoifa

Taʼlim tashkilotlarining quyidagi pedagoglariga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:

tumandagi sport musobaqalarida 1-oʻrinni olgan oʻquvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari – 2-malaka toifasi (katta oʻqituvchi);

viloyatdagi sport musobaqalarida 1-oʻrinni olgan oʻquvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari – 1-malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi);

xalqaro va respublika sport musobaqalarida 1-, 2-, 3-oʻrinni olgan oʻquvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga – oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal sovrindorlarini tayyorlagan oʻqituvchilarga – oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi).

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.3K views10:15
Ochish/sharhlash
2023-05-10 07:51:11
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot — Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2023- yoki 2024-yil bitiradiganlar yoki 2022-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
— Oltin medal;
— Sertifikat;
— UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
— Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2023-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.3K views04:51
Ochish/sharhlash
2023-05-10 05:31:10
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.7K views02:31
Ochish/sharhlash
2023-05-10 05:15:06 Assalomu alaykum!

Bugun 10-may, Chorshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 130-kuni.
Yil yakuniga 235 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon sog‘liqni saqlash harakati kuni
Xalqaro astronomiya kuni
Germaniyada kitob kuni
Qirg‘izistonda bank xodimi kuni

VOQEALAR:

1811 yil — Angliyada ilk qog‘oz pullar muoamalaga chiqarildi
1913-yil — Dunyodagi birinchi toʻrt motorli samolyot parvoz qildi.
1992-yil — Toshkentda O‘zbekistonda birinchi kompyuter texnikalarining mustaqil ko‘rgazmasi ochildi.
1993-yil — Qirg‘iziston o‘zining milliy valyutasi — somni muomalaga kiritdi.

TAVALLUDLAR:

1850-yil — ser Tomas Lipton — ingliz lordi, “Lipton” choy kompaniyasi asoschisi.
1878-yil — Gustav Shtrezeman — germaniyalik siyosatchisi, Tinchlik uchun “Nobel” mukofoti sovrindori.
1903-yil — G‘afur G‘ulom — atoqli o‘zbek adibi, akademik.
1909-yil — Yo‘ldosh A'zamov — kinorejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
1937-yil — Xotam Fayziyev — mashxur o‘zbek kinooperatori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
2.2K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-05-10 05:00:00
Assalomu alaykum! Chorshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.7K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-08 22:02:03
Hurmatli faxriylar hamda aziz yurtdoshlar! Barchangizni 9-may — “Xotira va Qadrlash” kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Inson bor ekan, xotira — muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, tinchlikni qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʻalabaga munosib hissa qoʻshganlarni yodida saqlaydi.

Tarixni bilish, ota-bobolarimizni bizning yorqin kelajagimiz uchun koʻrsatgan jasoratini eʼzozlash har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Jang maydonlarida mardlik, jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sogʻ-omon yurgan faxriylarimizga taʼzim qilamiz.

Fursatdan foydalanib, sizlarni bugungi sana bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman! Yurtimiz tinch, hayotimiz quvonchli onlarga toʻla, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

Hurmat bilan “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
795 views19:02
Ochish/sharhlash
2023-05-04 18:02:02
O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Yuriy Kim

2004- yilda Yuriy Kim hamkorlari bilan birga O‘zbekistonda birinchi xususiy kitob magazinini ochgan. “Книжный мир” tashkil topganidan keyin o‘tgan davr mobaynida nafaqat Toshkent, balki mamlakat hududlarida ham tanilgan, keyinchalik uning o‘zbek adabiyotiga yo‘naltirilgan egizagi — “Kitob olami” paydo bo‘lgan.

“Книжный мир” ochilgunga qadar Yuriy Kim jihozlar, avtomobillar, ehtiyot qismlar yetkazib berish bilan shug‘ullangan.

“2000 yillarda Moskvada ish bilan O‘zbekiston elchixonasiga kirdim, biroq tushlik vaqti ekan. Qandaydir yo‘l bilan vaqt o‘tkazish kerak edi va men “Молодая гвардия” kitob magaziniga kirdim, u elchixona ro‘parasida joylashgan edi. Bu do‘kon meni hayratga soldi, axir o‘shanda O‘zbekistonda kitoblar faqat yoymalarda sotilardi. 2004 yili biz ikkita hammuassis bilan O‘zbekistonda birinchi kitob magazini ochishga qaror qildik”, — deydi tadbirkor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kitob biznesining o‘z xususiyati bor: kitob olib kelasan, sotasan va doimo qandaydir qoldiqlar qoladi. Ayni shu qoldiqlar — foyda, ularni sotish uchun yangi turkum kitoblarni olib kelish lozim. Agar biznes to‘g‘ri yuritilsa, qolgan kitoblar pulga aylanadi, noto‘g‘ri yo‘l tutilsa, ular makulaturaga ketadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
386 views15:02
Ochish/sharhlash