Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-06-11 10:36:27
#Hamkorlik #Yosh_tadbirkorlar

BMTning “O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida Qirg‘izistonda 9-12 iyun kunlari “Agroxakaton” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yosh tadbirkorlardan iborat bo‘lgan O‘zbekistion delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir doirasida loyiha amalga oshirilayotgan hududlaridagi yosh tadbirkorlar AKT mutaxassislari bilan birga ishlagan holda o‘z bizneslari uchun innovativ yechimlar ishlab chiqishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Issiqko‘l sohilida o‘tkazilayotgan tadbirning birinchi hamda ikkinchi kunlari samarali hamda mazmunli o‘tdi.

Yuqoridagi video orqali bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
418 views07:36
Ochish/sharhlash
2023-06-11 05:30:45
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.2K views02:30
Ochish/sharhlash
2023-06-11 05:15:11 Assalomu alaykum!

Bugun 11-iyun, Yakshanba
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 162-kuni.
Yil yakuniga 203 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Argentinada qo‘shnilar kuni
Braziliyada harbiy dengiz qo‘shinlari kuni
Gondurasda talabalar kuni

VOQEALAR:

1742-yil — Benjamin Franklin tejamkor pechni ixtiro qildi.
1770-yil — Jeyms Kuk Katta to‘siq rifini kashf etdi.
1889-yil — Amerikalik Jon Perdi va Jeyms Sadgvarlar yig‘ma stul ixtriro qilishdi.
1973-yil — Liviyada amerika neft kompaniyalari davlat tasarrufiga olindi.

TAVALLUDLAR:

1899-yil — Yasunari Kavabata — yapon adibi, “Nobel” mukofoti sohibi.
1910-yil — Jak Iv Kusto — fransuz okeanografi, akvalang ixtirochisi.
1912-yil — Muxtor Ashrafiy — o‘zbek kompozitori, dirijyor, pedagog, SSSR Xalq artisti.
1937-yil — Devid Brayant Mamford — amerikalik matematik, algebraik geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
929 views02:15
Ochish/sharhlash
2023-06-11 05:01:48
Assalomu alaykum! Yakshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Dam olish kuningiz mazmunli hamda maroqli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
766 views02:01
Ochish/sharhlash
2023-06-10 21:55:25
#YoshlarOyligi

Bugun yoshlar oyligi doirasida poytaxtimizdagi “Navro‘z” bog‘ida (Anhor-Lokomotiv park) “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi.

Tadbir dasturidan “besh tashabbus olimpiadasi”ning “kasblar tanlovi”, “zamonaviy va milliy raqslar”, pazandalik va qandolatchilik, shuningdek sportning shaxmat, shashka va stol tennisi kabi musobaqalari, ochiq havoda karaoke va albatta yoshlarning eng sevimli san’atkorlari ishtirokida gala-konsertlar oʻrin oldi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
591 views18:55
Ochish/sharhlash
2023-06-10 07:13:01
#Grantlar #Stipendiyalar #AQSh

Dunyoning TOP universiteti — Stanford universitetida magistratura va PhD bosqichlarini o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi grant

Talablar:
Yoshi, ta'lim sohasi va karyerasidan qat'i nazar, barcha mamlakatlar fuqarolari va rezidentlari ariza berishi mumkin;
TOEFL iBT topshiriladi: PhD uchun minimum 100 ball; magistratura uchun minimum 100/89 ball.

Foydali tomonlari:
3 yillik grant: o'qish va tegishli to'lovlar qoplanadi; yashash va akademik xarajatlar uchun stipendiya beriladi; bir yillik chipta xarajatlari uchun mablag' ajratiladi(ekonom klassda); yangi kelganlarga bir martalik stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
12.10.2023 01:00

BATAFSIL

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
2.7K views04:13
Ochish/sharhlash
2023-06-10 05:30:48
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.5K views02:30
Ochish/sharhlash
2023-06-09 15:41:13
Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar!

Har yili oʻtkaziladigan Create the Future Design tanloviga inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar dizaynlari, gʻoyalari qabul qilinadi.

Mukofotlar:
— Bosh mukofot: 25 ming dollar;
— 7 ta kategoriya gʻolibining har biriga ish stansiyasi kompyuteri;
— En ommabop 10 ta ish muallifiga magnitik toʻplam;
Yuqori baholangan 100 ta ish egalariga maxsus sertifikat.

Ishlar 2023-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
4.5K views12:41
Ochish/sharhlash
2023-06-09 08:51:22
#YoshlarOyligi #Chegirma

Yoshlar oyligi munosabati bilan Uzbekistan Airways 14-30 yoshdagi yoshlar uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga 9-30 iyun kunlari 15% chegirma taqdim etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.0K views05:51
Ochish/sharhlash
2023-06-09 08:32:08


Yoshlar oyligi doirasida siz yoshlar uchun navbatdagi “BIZNES TUR” loyihasi!

Aziz yoshlar barchangizni joriy yilning 12-iyun kuni boʻlib oʻtadigan “Biznes tur” ga taklif qilamiz.

Biznes tur” da Siz:
Crafers” shirinliklar brendining yaralish tarixi;
Kompaniya faoliyati va ishlash tizimi;
Sohaga oid noyob bilimlar;
Kompaniyada mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishishingiz mumkin.

Biznes turda qatnashish mutlaqo bepul, shoshiling joylar soni cheklangan!

Eslatib oʻtamiz: Biznes tur Toshkent shaharida istiqomat qilayotgan yoshlar uchun moʻljallangan.

Ro‘yxatdan o‘tish


Qoʻshimcha maʼlumot:
+998979558017

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
769 views05:32
Ochish/sharhlash