Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 160

2022-05-19 08:08:14
Markaziy Osiyo yoshlar forumiga start beriladi 19-20-may kunlari Toshkent viloyatidagi “Astrum” IT akademiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng iqtidorli yoshlarni xalqaro fan olimpiada g‘oliblari, grossmeysterlar va IT sohasining yosh mutaxassislarini bir maydonda jamlaydi.

Forum, iqtidorli yoshlarga tajriba almashish va innovatsion loyihalarini ishlab chiqish hamda do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

21-23 - may kunlari yoshlar forumi Andijon viloyatida “O‘zbekiston — Qirg‘iziston”, Farg‘ona viloyatida “O‘zbekiston — Tojikiston” hamda Xorazm viloyatida "O‘zbekiston — Turkmaniston” yoshlarini birlashtirgan holda davom etadi.

Tadbirlar jarayoni va batafsil ma’lumotlarni “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

Markaziy Osiyo yoshlar forumi” - birlashib yuksalamiz!

Kanalga
ulaning:
t.me/ykfoundation
7.0K views05:08
Ochish/sharhlash
2022-05-19 06:00:39
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Ansor Xon

Nyu-Yorkdagi “Kabab & Curry” oilaviy restoranida ishlash paytida Ansor Xon va hamkasbi Jeyms O’Liyeri buyurtmalarni qayta ishlashning qulayroq usulini o‘ylab topishga qaror qiladi. Bozorda bunday kompyuterlashtirilgan tizimlar bo‘ladi, lekin ular juda qimmat edi.

Shundan so‘ng hamkasblar “iPod Touch” va “iPad” uchun mobil ilova arzonroq bo‘lishini anglab yetadi. Xonning ota-onasidan qarzga olingan 32000 dollardan foydalangan hamkorlar O’Liyerining uyidagi yerto‘lada kerakli dasturni ishlab chiqadi. Zarur kodni yozish uchun 10 oy, sinov uchun esa yana 6 oy vaqt ketadi.

2011-yil aprel oyida ular “App Store”da 999 dollarga “Ambur” ilovasini ishga tushiradi. Ularning birinchi mijozi 6 haftadan keyin keladi: Nyu-Yorkdagi yunon restorani ulardan ushbu dasturni sotib oladi. Hozirda “Ambur” 14 mamlakatdagi 300 ga yaqin restoranda oʻrnatilgan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.8K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-05-19 05:30:48
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.1K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-05-19 05:15:05 Assalomu alaykum!
Bugun 19-may, Payshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 139-kuni.
Yil yakuniga 226 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon gepatit C ga qarshi kurash kuni
Butunjahon ichakning yallig‘lanishli xastaliklariga qarshi krash kuni
Shri-Lankada xotira kuni
Xitoyda turizm kuni
Turkiyada yoshlar va sport kuni

VOQEALAR:

1649-yil — Angliya respublika deb e'lon qilindi.
1907-yil — Finlyandiya futbol assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1926-yil — Tomas Edison birinchi marta radio chiqish qildi.
1961-yil — “Venera 1” uchuvchisiz kosmik kemasi birinchi marta Venera yaqinida parvoz qildi.
1995-yi — Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqoti markazi ochildi.
2012-yil — Londonning “Chelsi” klubi finalda “Bavariya”ni mag‘lub etib, birinchi marta UEFA Chempionlar Ligasini yutdi.

TAVALLUDLAR:

1857-yil — Jon Jeykob Abel — amerikalik biokimyogar va farmakolog, adrenalin kashfiyotchisi, birinchi gemodializ apparati yaratuvchisi.
1937-yi — Ali Hamroyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi.
1942-yil — Geri Kildall — amerikalik dasturchi va tadbirkor, “Digital Research. Inc” kompaniyasi asoschisi.
1979-yil — Diyego Forlan — Urugvay terma jamoasi a'zosi, 2010 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi.
1979-yil — Andrea Pirlo — italiyalik futbolchi, jahon chempioni.
1992-yil — Sem Smit — ingliz qo‘shiqchisi, “Gremmi” mukofoti sovrindori.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.9K views02:15
Ochish/sharhlash
2022-05-19 05:00:57
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
32 views02:00
Ochish/sharhlash
2022-05-18 13:03:05 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Millioner bo‘lishning 21 siri”. Millioner bo‘lish yo‘llarining mohiyatini aniqlash uchun dastlab quyidagilarni tushunib olish kerak: Millioner kim va uning millioner deb atalishi uchun nimalar asos bo‘ladi? Uning kimligini va o‘zimiz intilayotgan cho‘qqining pirovard nuqtasini aniqlab olganimizdan keyin, bizning maqsadimiz noldan, yaʼni hech vaqosi yo‘q odam holatidan qanday qilib bo‘lsa ham millionerga aylanish bo‘lib qoladi va biz unga erishamiz.

Zero, qayerdan kelayotganimizni va qayerga yetib borishni istashimizni bilmay turib, o‘zimiz belgilab olgan nuqtaga yetishimiz mumkin emas.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.6K views10:03
Ochish/sharhlash
2022-05-18 10:30:58
#QimmatgaTushganXatolar #Maslahat

Biznes marafon” loyihasi spikeri, Hilton va Marriot interkontenental hotels kabi mehmonxonalarning yurtimizdagi vakili Shuhrat Xoltayevdan fikrlar

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.4K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-05-18 06:00:27
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Ahmadali Tojiddinov

Ahmadali dastlab gazetada jurnalist bo‘lib ishlagan, yaxshi maqolalar yozgan. Keyinchalik “MONDAY” ijodiy yechimlar agentligini tashkil etib, marketing, PR va tadbirlar sohasida o‘z biznesini boshlashga qaror qilgan.

Bo‘lajak tadbirkor faoliyatini kichik ishdan boshlagan — 2011 yilda “TONIGHT.TJ” madaniy loyihasini yaratgan. Loyiha muvaffaqiyatli chiqqan: yuzlab madaniy tadbirlarda ishtirok etgan, o‘nlab tadbirlarni, minglab foto va video mahsulotlarni, shuningdek, 1 million kishini qamrab olgan yorqin loyihalarni tashkil etgan.

Loyiha nafaqat Tojikistonda, balki qo‘shni respublikalar – Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham shuhrat qozongan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.5K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-05-18 05:30:51
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.7K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-05-18 05:15:04 Assalomu alaykum!
Bugun 18-may, Chorshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 138-kuni.
Yil yakuniga 227 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro muzeylar kuni
Butunjahon OITSga qarshi vaksinalar kuni
Butunjahon totuvlik kuni
Turkmanistonda Konstitutsiya va davlat bayrog‘i kuni
Qrimda deportatsiya qurbonlarini xotirlash kuni

VOQEALAR:

1787-yil — birinchi marta Tuluza hunarmandlarining shisha o‘ymakorligi muvaffaqiyatli yakun topdi.
1830-yil — Qo'shma Shtatlarda birinchi marotaba sun’iy maysazorlarni ishlab chiqarish boshlandi.
1888-yil — AQShda birinchi marta birinchi gramofon plastinkasi namoyish etildi.
1899-yil — Rossiya tashabbusi bilan Gaagada birinchi tinchlik konferentsiyasi boshlandi.
1974-yil — Hindiston atom quroliga ega bo‘lgan oltinchi davlatga aylandi.
1993-yil — “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy avikompaniyasi navbatdagi “Bankok-Toshkent” yangi xalqaro marshrutini ochdi.

TAVALLUDLAR:

1048-yil — Umar Hayyom — fors va tojik shoiri, matematik, faylasuf.
1824-yil — Vilgelm Gofmeyster — nemis botanigi, o‘simlik embriologiyasi asoschilaridan biri.
1850-yil — Oliver Hevisayd — ingliz muhandisi, matematik va fizik, ionosfera mavjudligini taxmin qilgan olim.
1868-yil — Nikolay II — Rossiya imperiyasining so‘nggi imperatori.
1901-yil — Vinsent dyu Vinyo — amerikalik biokimyogar, kimyo bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1960-yil — Yari Kurri — finikiyalik xokkeychisi, 5 karra “Stenli kubogi” sohibi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.3K views02:15
Ochish/sharhlash