Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 162

2022-05-16 05:30:27
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.3K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-05-16 05:15:13 Assalomu alaykum!
Bugun 16-may, Dushanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 136-kuni.
Yil yakuniga 229 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro tinchlikda birga yashash kuni
Xalqaro nur kuni
Qirg‘izistonda onalar kuni
Tongada otalar kuni
Malayziyada o‘qituvchilar kuni

VOQEALAR:

1881-yil — Germaniyada dunyodagi birinchi elektr tramvay harakati boshlandi.
1919-yil — Amerikalik uchuvchi Albert Rid tomonidan Atlantika okeani ustidan birinchi parvoz boshlandi.
1929-yil — AQShda birinchi “Oskar” mukofotlari topshirildi.
1948-yil — Isroil o‘zining birinchi pochta markalarini chiqardi.
1996-yil — “O‘zbekiston Respublikasi va Venesuela Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida”gi Protokol imzolandi.
2007-yil — 60- Xalqaro Kann kinofestivali boshlandi.

TAVALLUDLAR:

1718-yil — Mariya Agnezi — italyan matematik-faylasufi, matematika sohasidagi birinchi ayol professor.
1804-yil — Elizabet Palmer Pibodi — Qo‘shma Shtatlardagi birinchi bolalar bog‘chasi asoschisi.
1831-yil — Edvard Xyuz — mikrafon ixtirochisi.
1904-yil — Botu — atoqli o‘zbek shoiri va jamoat arbobi.
1930-yil — Nuriddin Shukurov —O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, adabiyotshunos olim.
1963-yil — Fatxulla Ma'sudov — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.5K views02:15
Ochish/sharhlash
2022-05-16 05:01:53
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.3K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-05-15 13:07:13 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Notiqlik san’ati”. Aksariyat hollarda ko‘pchiligimiz ikkilanamiz, fikr bildirishga ojizlik qilamiz. Bu esa o‘zimizga nisbatan ishonchsizlikni namoyon etadi. Shuningdek, omma oldida hayajon bosib, o‘z nuqtai nazarini ifodalay olmaydiganlar bor. Ularda jo‘yali fikr, istiqbolli takliflar bo‘lsa-da, odamlar huzurida bayon etishga ojizlik qilishadi.

Ushbu kitobda Deyl Karnegi o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib bergan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.6K views10:07
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:00:56
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Doroti Xemill

Doroti 1976-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarida figurali uchish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritganidan keyin mashhurlikka erishgan.

Shundan so‘ng ko‘plab professional muz shoularida ishtirok etib, avtomobillar, qahva va shampun kabi turli xil mahsulotlar ishlab chiqaradigan bir nechta kompaniyalarning yuziga aylangan.

Ammo zargarlik buyumlariga juda ko‘p pul sarflash kabi yomon moliyaviy odati paydo bo‘lgan. 1993-yilda bankrot bo‘lgan “Ice Capades” muz shousini sotib olib, uni qayta rivojlantirgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Buning oqibatida 1996-yilda Doroti bankrot bo‘lganini e’lon qilgan. Ammo tushkunlikka tushmay, harakatda davom etgan.

Shundan so‘ng u “Konkidagi hayot: mening hikoyam” kitobini yozgan, bir nechta filmlarda suratga tushgan. Hozirda uning boyligi 5 million dollarni tashkil etadi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
520 views03:00
Ochish/sharhlash
2022-05-15 05:30:16
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.0K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-05-15 05:15:13 Assalomu alaykum!
Bugun 15-may, Yakshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 135-kuni.
Yil yakuniga 230 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro oila kuni
Xalqaro astronomiya kuni
Xalqaro iqlim kuni
Hindistonda daraxtlar kuni
Janubiy Koreyada o‘qituvchilar kuni
Paragvayda onalar kuni

VOQEALAR:

1618-yil — nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralar harakati qonunlarini kashf etdi.
1836-yil — F. Baley “Beyli nuqtasi”ni kashf etdi.
1851-yil — Nyu-York va Buyuk ko‘lni bog‘laydigan birinchi temir yo‘l qurib bitkazildi.
1905-yil — Las-Vegas shahriga asos solindi.
1928-yil — “Plane Crazy” multfilmida ilk marotaba Mikki Mous obrazi paydo bo‘ldi.
1935-yil — Moskva metropolitenining birinchi liniyasi ishga tushdi.

TAVALLUDLAR:

1845-yil — Ilya Mechnikov — rossiyalik biolog va immunolog, ilmiy gerontologiya asoschisi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1859-yil — Pyer Kyuri — fransiyalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1926-yil — Muxtor Sultonov — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri.
1932-yil — Jon Glen — ingliz kinorejissyori va montajchi, beshta “Jeyms Bond” filmining muallifi.
1989-yil — Syunnyove Sulemdal — norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.2K views02:15
Ochish/sharhlash
2022-05-15 05:01:13
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.2K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-05-14 13:05:26 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Muvaffaqiyatga erishishning 200 ta siri”. Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karyerasi shuni koʻrsatmoqdaki, muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu o‘zustida tinmay ishlash.

Nima uchun baʼzi odamlar jahonga mashhur ishbilarmon va dunyoni oʻzgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat qilishiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Ushbu kitobdagi sirlar orqali shu kabi savollarga javob topishingiz mumkin.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
387 views10:05
Ochish/sharhlash
2022-05-14 10:32:19
#biznesmarafon_samarqand

“Biznes marafon” loyihasi spikeri, xalqaro toifadagi iqtisodchi, “Biznes²” va “Patronlar ligasi” tadbirkorlar klubi asoschisi Muhammadali Eshonqulovdan taʼlim muassasalar haqida fikri

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
5.3K views07:32
Ochish/sharhlash