Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.45K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 158

2022-05-24 10:37:56
#biznesmarafon_xorazm

“Biznes marafon” loyihasi spikeri, Islom moliyasi sohasida konsultant, “IsBF” kompaniyasi direktor o‘rinbosari Kozimxon Turayev Yaponiya davlati haqida fikrlari

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.4K views07:37
Ochish/sharhlash
2022-05-24 06:00:42
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Kvon Xyuk Bin

Janubiy Koreyada tug‘ilib-o‘sgan Kvon Xyuk Binning birinchi biznes loyihasi keskin muvaffaqiyatsizlikka uchragan. 2002-yilda esa yangi “Smilegate” kompaniyasini tashkil qilib, Janubiy Koreyadagi eng muvaffaqiyatli tadbirkorlardan biriga aylangan.

“Smilegate” o‘yinlar, shu jumladan, mobil o‘yinlarni ishlab chiquvchisi, shuningdek, Kvon Xitoy va Vetnamda turli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish uchun maktablar ochishiga yordam bergan jamg‘arma hisoblanadi.

Bugungi kunda tadbirkorning sof kapitali 9,4 milliardni tashkil qiladi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.8K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-05-24 05:30:27
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.7K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-05-24 05:15:18 Assalomu alaykum!
Bugun 24-may, Seshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 144-kuni.
Yil yakuniga 221 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Braziliyada kofe kuni
Kanadada velosiped kuni
AQSHda aka-ukalar kuni
Eritriyada Mustaqillik kuni
Bolgariyada madaniyat va yozuv kuni

VOQEALAR:

1844-yil — Morze telegrafi yordamida Vashingtondan Baltimor shahriga ilk telegramma jo‘natildi.
1911-yil — Rossiyada dunyo bo‘yicha ilk marotaba samolyotdan foydalanib, suvosti kemasi qidirildi.
1995-yil — Mashhur «Sheryurak» filmi katta ekranlarda premyera qilindi.
1994-yil — Toshkentda Qozog‘iston elchixonasi ochildi.
1996-yil — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi Qarori e'lon qilindi.

TAVALLUDLAR:

1686-yil — Gabriel Farengeyt — termometrda simobni birinchi marta ishlatgan nemis fizigi, Farengeyt shkalasi ixtirochisi.
1905-yil — Mixail Sholoxov — rossiyalik yozuvchi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1940-yil — Ioisf Brodskiy — rossiyalik shoir, adabiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1941-yil — Bob Dilan — amerikalik qo‘shiqchi, shoir va bastakor, adabiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1973-yil — Ville Peltonen — finlyandiyalik xokkeychi, 1995-yilgi jahon chempioni, 4 karra Olimpiada sovrindori.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
3.1K views02:15
Ochish/sharhlash
2022-05-24 05:00:51
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
2.3K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-05-23 17:16:56
Innovatsiyalar sohasidagi yetakchi ekspertlar bilan seminar!

Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida “Innovatsiyalar va ijtimoiy ta’sir — kompaniyalar muvaffaqiyati garovi” mavzusida seminarlar o‘tkaziladi.

Ma'ruzachilar:

Maykl Matesik
— amerikalik ekspert, “Idea Foundry Inc.” kompaniyasi prezidenti va bosh direktori, 250 dan ortiq kichik biznes va innovatsion startaplarga sarmoya kiritgan va rivojlanishida ishtirok etgan.

Malika Sharipova — “CARE CSR” asoschisi va direktori, “NewLinks Global” kompaniyasining katta hamkori va “Impactt London” kompaniyasi (Buyuk Britaniya) yetakchi eksperti.

Seminarlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

• Toshkent:
24-may, 10:00–13:00 , “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining Book kafesi, Navoiy ko'chasi-11 (ro‘yxatdan o‘tish (https://eurouz.glueup.com/event/56206/).

• Samarqand: 26-may, 10:00–13:00, IT Park, Amir Temur ko‘chasi-44 (ro‘yxatdan o‘tish (https://eurouz.glueup.com/event/56564/).

• Buxoro: 28-may, 10:00–13:00, Mono Markaz, Piridastgir ko‘chasi-1
965 views14:16
Ochish/sharhlash
2022-05-23 16:10:10
#MarkaziyOsiyoYoshlarForumi

19-20-may kunlari Toshkent viloyatida joylashgan “Astrum” akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo Yoshlar forumi” qanday o‘tdi?


Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
862 views13:10
Ochish/sharhlash
2022-05-23 13:03:06 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

Ushbu kitob “Sarmoya tikish sanʼati” deb nomlanib, “Boy ota, kambagal ota” va “Pul oqimining kvadranti” kitoblarining chop etilishidan to muvaffaqiyatga erishgunicha yaqindan yordam bergan insonlarga minnatdorlik ramzi sifatida nashrga tayyorlangan.

Kitob mutolaasi sizga manzur keladi degan umiddamiz.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.3K views10:03
Ochish/sharhlash
2022-05-23 10:56:44
#biznesmarafon

“Biznes marafon” loyihasi spikeri, “Cambridge LC” oʻquv markazi asoschisi Jahongir Poʻlatovdan yoshlar uchun maslahat


Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
12.3K views07:56
Ochish/sharhlash
2022-05-23 06:01:16
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh tadbirkor Miras Imanmadirov

Miras 18 yoshdan 23 yoshigacha xizmatlar: grafik dizayn, veb-saytlar, video suratga olish, smm va marketing bilan shug‘ullangan. Shuningdek, savdo sohasida ham o‘zini sinab ko‘rgan. Matoga chizilgan gullar va badiiy-portretlarni yetkazib berish xizmatini tashkil etilgan.

24 yoshida xizmat ko‘rsatishdan, boshqalarning loyihalarini ilgari surishdan charchaganini anglagan va o‘z mahoratini shaxsiy tovar biznesini yaratish uchun qo‘llashga qaror qilgan. Birinchi jiddiy biznes esa krossovkalar do‘koni bo‘lgan.

Dastlabki 2 oy davomida tadbirkorning o‘zi sotuvchilik qilib, odamlar bilan muloqot qilishni o‘rgangan. Instagram’da kontent marketingi bilan shug‘ullangan, har bir krossovka modelining o‘ziga xos tarixini o‘qib, qiziqarli ma’lumotlarni mijozlariga ham aytib bergan. Bu ish uni mutaxassis sifatida ajratib ko‘rsata boshlagan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.6K views03:01
Ochish/sharhlash