Get Mystery Box with random crypto!

Markaziy Osiyo yoshlar forumiga start beriladi 19-20-may kunla | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Markaziy Osiyo yoshlar forumiga start beriladi 19-20-may kunlari Toshkent viloyatidagi “Astrum” IT akademiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng iqtidorli yoshlarni xalqaro fan olimpiada g‘oliblari, grossmeysterlar va IT sohasining yosh mutaxassislarini bir maydonda jamlaydi.

Forum, iqtidorli yoshlarga tajriba almashish va innovatsion loyihalarini ishlab chiqish hamda do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

21-23 - may kunlari yoshlar forumi Andijon viloyatida “O‘zbekiston — Qirg‘iziston”, Farg‘ona viloyatida “O‘zbekiston — Tojikiston” hamda Xorazm viloyatida "O‘zbekiston — Turkmaniston” yoshlarini birlashtirgan holda davom etadi.

Tadbirlar jarayoni va batafsil ma’lumotlarni “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

Markaziy Osiyo yoshlar forumi” - birlashib yuksalamiz!

Kanalga
ulaning:
t.me/ykfoundation