Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 161

2022-05-18 05:01:33
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.7K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-05-17 13:06:05 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Maqsad qo‘yish va unga erishish uchun 5 elementli formula”. Sizlarga maqsad qo‘yish va unga erishish borasidagi eng muhim bo‘lgan 5 elementni taqdim qilmoqchimiz!

Ushbu kitob bilimlarni yaxshilab o‘zlashtirib olish, istaklaringizga tezda erishishni ta’minlaydi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.1K views10:06
Ochish/sharhlash
2022-05-17 10:31:12
#biznesmarafon_fargʻona

Biznes marafon” loyihasi spikeri, IT, meditsina, media va konsalting yoʻnalishlaridagi kompaniyalar asoschisi, biznes-konsultant, sotuv va marketing boʻyicha ekspert Ibrahim Gulyamovdan yoshlar uchun maslahat

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.3K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-05-17 06:01:05
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Lev Levayev

O‘zbekistonda tug‘ilgan “Lev Leviev Group” asoschisi Lev Levayev 15 yoshida oilasi bilan Isroilga ko‘chib o‘tgan. U yerda olmos kesuvchi sifatida faoliyatini boshlab, 6 yil o‘tgach o‘zining kesish zavodini ochgan.

1980-yillarda “De Beers” bilan hamkorlik qilishni va Afrikada biznes yuritishni boshlagan — uning kompaniyalari Angola olmoslarining butun eksportini nazorat qilgan. Keyinroq Levayev Rossiyadagi kesish zavodlarini sotib olgan, shuningdek, Isroildagi korxonalarda yoqut olmoslarini kesish bilan shug‘ullangan.

Hozirda uning “AFI Development” kompaniyasi Rossiya, Isroil va AQShda turar-joy hamda savdo-ofis majmualarini quradi. Eng so‘nggi loyihalardan biri — Moskva shahridagi “Afimall” savdo markazi hisoblanadi. 2018-yil mart holatiga ko‘ra, tadbirkorning boyligi 1 milliard dollarni tashkil etadi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.7K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-05-17 05:30:32
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.2K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-05-17 05:15:05 Assalomu alaykum!
Bugun 17-may, Seshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 137-kuni.
Yil yakuniga 228 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro gomofobiyaga qarshi kurash kuni
Xalqaro telekommunikatsiya kuni
Xalqaro bolalar uchun ishonch telefonlari kuni
Norvegiyada bolalar kuni
Kayman orollarida ixtirolar kuni
Nigeriyada Konstitutsiya kuni

VOQEALAR:

1497-yil — Vasko da Gama Hindiston sohillariga yetib bordi.
1718-yil — ingliz ixtirochisi Jeyms Pakl dunyodagi birinchi pulemyot — Pakl qurolini patentladi.
1861-yil — Tomas Kukning dunyodagi birinchi sayyohlik agentligi dunyoda birinchi marta sayohat guruhini xalqaro sayohatga yubordi.
1861-yil — Londonda birinchi marta rangli fotosuratlar ommaviy ravishda namoyish etildi.
1865-yil — Xalqaro elektraloqa ittifoqiga asos solindi.
1996-yil — O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi.
2009-yil — hozirda dunyodagi eng mashhurlardan biriga aylangan “Minecraft” kompyuter o‘yinining birinchi sinov versiyasi chiqarildi.

TAVALLUDLAR:

1749-yil — Eduard Jenner — ingliz shifokori, jarroh, chechakka qarshi vaksina yaratuvchisi.
1897-yil — Odd Xassel — norvegiyalik fizik-kimyogar, konformatsion tahlil asoschilaridan biri, ilmiy maktab asoschisi, kimyo bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1900-yil — Nikolay Karaxan — O‘zbekiston xalq rassomi.
1907-yil — Ilona Elek — vengriyalik qilichboz, ikki karra Olimpiya, bir necha bor jahon chempioni.
1953-yil — Qosim Jo’mart To‘qayev — Qozog‘istonning amaldagi prezidenti.
1970-yil — Jovanna Trillini — italiyalik qilichboz, 4 karra Olimpiya, 9 karra jahon chempioni.
1973-yil — Uchqun Tillayev — O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.1K views02:15
Ochish/sharhlash
2022-05-17 05:00:45
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.6K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-05-16 13:06:13 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Pul topishning siz bilmagan sirlari”. Qisqa muddat ichida katta boylikka ega bo‘lishni istasangiz, sayyoramizning eng boy odamlari muntazam ravishda amal qilib kelayotgan qonun-qoidalarga ko‘ra ish qurishingiz lozim.

Bu kitobning asosiy mavzusi badavlat bo‘lish tarixining buyuk sirlariga bag‘ishlangan. Agar o‘z ixtiyoringiz bilan eng odil hakam — vaqt sinovidan o‘tib kelayotgan sog‘lom turmush tarzi uchun mablag‘ sarflasangiz, bu sirni harakatga keltirishingiz mumkin.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
13.5K views10:06
Ochish/sharhlash
2022-05-16 10:31:43
#QimmatgaTushganXatolar

Jazira Travel, Tripline va Study Point kabi agentliklar asoschisi Iskandar Fozilovdan fikrlar

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.8K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-05-16 06:01:18
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Jorj Forman

Jorj boks bo‘yicha sobiq chempion va tadbirkor bo‘lib, vaqt o‘tib sportni tark etgan. Shundan so‘ng o‘z shahriga qaytib borgan. Daromadining kamayishi uni 1983-yilda bankrotlikka olib kelgan. Moliyaviy holatini yaxshilash uchun yana boksga qaytgan va 1994-yilda og‘ir vazn toifasida chempion bo‘lgan.

O‘shandan buyon u radio reklamalaridan tortib, korporativ chiqishlar va mahsulotlarni tasdiqlashgacha bo‘lgan hamma ishni qilgan.

Ammo haqiqiy daromad unga butun dunyo bo‘ylab 100 million dona sotgan “George Foreman Grill”ini ishga tushirganida kelgan. U 1999-yilda grillga nom berish huquqini 138 million dollarga sotgan. Formenning hozirgi boyligi 300 million dollarga baholanmoqda.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.1K views03:01
Ochish/sharhlash