Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.45K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 157

2022-05-25 13:04:05 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Marketing asoslari”. Marketing o‘quv qo‘llanmasida bozor munosabatlari sharoitida marketingning zarurligi va mohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing faoliyatini tashkil qilish, korxona mahsulot va xizmatlari reklama faoliyatini amalga oshirish kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqilgan.

O‘quv qo‘llanmaning amaliy ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlardan iqtisodiy yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan talabalar keng foydalanishlari mumkin.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
4.4K views10:04
Ochish/sharhlash
2022-05-25 10:30:57
#biznesmarafon_buxoro

“Biznes marafon” loyihasi spikeri, Cambridge International University, Edu-Action va boshqa qator loyihalar muallifi Umidjon Ishmuhammedov, qarindoshlarni qoʻl ostida ishlatish haqida fikri

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.6K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-05-25 10:27:50
Yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyat hokimligida mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat komissiyasining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov raislik qilgan yigʻilishda “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijrochi direktori Xayrulla Sattorov ham ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida viloyatdagi jami 330 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilinishi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, vazifalarni samarali bajarish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.1K views07:27
Ochish/sharhlash
2022-05-25 06:01:20
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh tadbirkor Jonibek Al-Taroziy

18 yoshdan beri tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan Jonibekning birinchi biznes loyihasi “Event” agentligi bo‘lgan. Kasbi jurnalist, Yevroosiyo Milliy universitetida tahsil olgan yigit fakultetidagi boshlovchi, shoumen, musiqachi kabi iqtidorli talabalarni tanlab olib, bayramlarni tashkil qilish xizmatlarini ko‘rsatgan.

Keyinchalik pitsa biznesiga o‘tgan. Pitsa yetkazib berish bozorida ko‘plab raqobatchilar bo‘lgani bois ulardan ajralib turish maqsadida pitsani mashhur filmlar qahramoni ko‘rinishida yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan. Bu biznesini bilan esa ko‘plab ota-onasiz bolalarni ish bilan ta’minlagan.

Ochilish bosqichida pitsalar super qahramonlar kiyimini kiygan kuryerlar tomonidan yetkazib berilgan. Bu raqobatchilardan ajralib turishga va iste'molchilar tomonidan eslab qolishga yordam bergan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.7K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-05-25 05:31:08
Mashhurlardan iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.6K views02:31
Ochish/sharhlash
2022-05-25 05:15:05 Assalomu alaykum!
Bugun 25-may, Chorshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 145-kuni.
Yil yakuniga 220 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro yo‘qolgan bolalar kuni
Turkmanistonda Ashxobod shahri kuni
Meksida buxgalterlar kuni
Livanda ozodlik kuni
Iordaniyada Mustaqillik kuni

VOQEALAR:

1882-yil — Kanadada Qirollik ilmiy jamiyatiga asos solindi.
1946-yil — Iordaniya o‘z mustaqilligini e'lon qildi.
1953-yil — Texasning Xyuston shahrida birinchi nodavlat ta'lim telekanali ishga tushirildi.
1963-yil — Addis-Abeba shahrida tashkillashtirilgan Afrika davlatlari xukumat rahbarlari ishtirokidagi I konferensiyada Afrika ittifoqi tashkilot tuzildi va ushbu kun BMT tomonidan “Afrika ozodligi kuni” deb e'lon qilindi.
1994-yil — Toshkentda Xalqaro modalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1802-yil — Iogan Fridrix fon Brandt — nemis shifokori, zoolog va botanik, 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
1810-yil — Pyer Edmond Buassye — shveytsariyalik botanik va sayyo, 3600 yangi o‘simlik turlarini tavsilagan olim.
1818-yil — Yakob Burkxardt — shveytsariyalik madaniyatshunos tarixchi, fan sifatida kulturologiya asoschilaridan biri.
1860-yil — Jyeyms Kettel — sixolog, differensial psixologiyaning yirik vakillaridan biri.
1865-yil — Piter Zeyeman — golland fizigi, 1902 yilgi “Nobel” mukofoti sohibi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.0K views02:15
Ochish/sharhlash
2022-05-25 05:01:15
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.4K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-05-24 22:27:13 So'nggi qo'ng'iroq

Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo'lladi:

Qadrli maktab bitiruvchilari!

Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizdan har biri el-yurtimizning mehri va e’tiborida bo‘ladi.

Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz.

Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.

Doimo sog‘-omon bo‘ling!
Intilib, izlanib yashashdan aslo to‘xtamang!

Shavkat Mirziyoyev, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
6.2K viewsedited  19:27
Ochish/sharhlash
2022-05-24 15:43:21
Alisher Sa’dullayev shaxmat federasiyasi raisi etib saylandi

Federasiyaga 2021 yil yanvaridan buyon Aziz Abduhakimov rahbarlik qilayotgandi.

https://kun.uz/27737369
6.9K views12:43
Ochish/sharhlash
2022-05-24 13:03:17 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Vavilonlik eng boy odam” Qashshoqlik nima? Nochor yashashning aybdori kim? “Pulni topish juda qiyin, uni bilib sarflash hammasidan ham qiyin” degan xalq hikmatini qanday tushunasiz? Farovonlikka erishishning porloq yoʻli bormi? AQSHlik yozuvchi Jorj Samuel Kleyson qalamiga mansub ushbu asarda ana shu savollarga javob izlanadi.

1926-yilda chop etilgan kitob moliyaviy omadga erishish usullarini oʻrgatuvchi pamfletlar seriyasidan oʻrin olgan boʻlib, banklar va sugʻurta kompaniyalari orasida juda tez tarqalib, millionlab oʻquvchilarning olqishiga sazovor boʻlgan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
7.1K views10:03
Ochish/sharhlash