Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Anso | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Ansor Xon

Nyu-Yorkdagi “Kabab & Curry” oilaviy restoranida ishlash paytida Ansor Xon va hamkasbi Jeyms O’Liyeri buyurtmalarni qayta ishlashning qulayroq usulini o‘ylab topishga qaror qiladi. Bozorda bunday kompyuterlashtirilgan tizimlar bo‘ladi, lekin ular juda qimmat edi.

Shundan so‘ng hamkasblar “iPod Touch” va “iPad” uchun mobil ilova arzonroq bo‘lishini anglab yetadi. Xonning ota-onasidan qarzga olingan 32000 dollardan foydalangan hamkorlar O’Liyerining uyidagi yerto‘lada kerakli dasturni ishlab chiqadi. Zarur kodni yozish uchun 10 oy, sinov uchun esa yana 6 oy vaqt ketadi.

2011-yil aprel oyida ular “App Store”da 999 dollarga “Ambur” ilovasini ishga tushiradi. Ularning birinchi mijozi 6 haftadan keyin keladi: Nyu-Yorkdagi yunon restorani ulardan ushbu dasturni sotib oladi. Hozirda “Ambur” 14 mamlakatdagi 300 ga yaqin restoranda oʻrnatilgan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation