Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 19-may, Payshanba. Grigoriy taqvimi bo | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 19-may, Payshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 139-kuni.
Yil yakuniga 226 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon gepatit C ga qarshi kurash kuni
Butunjahon ichakning yallig‘lanishli xastaliklariga qarshi krash kuni
Shri-Lankada xotira kuni
Xitoyda turizm kuni
Turkiyada yoshlar va sport kuni

VOQEALAR:

1649-yil — Angliya respublika deb e'lon qilindi.
1907-yil — Finlyandiya futbol assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1926-yil — Tomas Edison birinchi marta radio chiqish qildi.
1961-yil — “Venera 1” uchuvchisiz kosmik kemasi birinchi marta Venera yaqinida parvoz qildi.
1995-yi — Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqoti markazi ochildi.
2012-yil — Londonning “Chelsi” klubi finalda “Bavariya”ni mag‘lub etib, birinchi marta UEFA Chempionlar Ligasini yutdi.

TAVALLUDLAR:

1857-yil — Jon Jeykob Abel — amerikalik biokimyogar va farmakolog, adrenalin kashfiyotchisi, birinchi gemodializ apparati yaratuvchisi.
1937-yi — Ali Hamroyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi.
1942-yil — Geri Kildall — amerikalik dasturchi va tadbirkor, “Digital Research. Inc” kompaniyasi asoschisi.
1979-yil — Diyego Forlan — Urugvay terma jamoasi a'zosi, 2010 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi.
1979-yil — Andrea Pirlo — italiyalik futbolchi, jahon chempioni.
1992-yil — Sem Smit — ingliz qo‘shiqchisi, “Gremmi” mukofoti sovrindori.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation