Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 510.07K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2024-04-08 19:12:58
Hayit namozi vaqtlari:

● Andijon, Namangan, Farg‘ona — 06:00;
● Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyati — 06:10;
● Jizzax — 06:15;
● Samarqand — 06:20;
● Surxondaryo — 06:25;
● Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro — 06:30;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm —06:50.


@xushnudbek
248.4K views16:12
Ochish/sharhlash
2024-04-08 18:11:25 426 nafar shaxs afv etildi

Shavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 426 nafar shaxsni afv etish haqidagi farmonni imzoladi.

Afv etilgan shaxslarning 135 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 200 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 26 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 65 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 11 nafarini chet el fuqarolari, 50 nafarini ayol, 13 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 157 nafarini yoshlar (shulardan, 3 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.


@xushnudbek
175.5K views15:11
Ochish/sharhlash
2024-04-08 17:03:08 Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bular:

10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.


@xushnudbek
241.9K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-04-08 14:04:48
Isakulov Sardor Dadajonovich
Parkent tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari edi.


@xushnudbek
75.9K views11:04
Ochish/sharhlash
2024-04-08 12:41:54
Musanov Odil Olimovich Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari edi.


@xushnudbek
98.0K views09:41
Ochish/sharhlash
2024-04-08 12:07:22
Grant asosida o'qish imkoniyati

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida
iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Talabgorlar 2024-yil 14-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

UMFT — kelajagingiz uchun maqbul hamkor

+998555068888, +998555208888
@umft_support
umft.uz
Litsenziya (№056206, 29.12.2022-y.)
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube | Linkedin

Lokatsiya | Reklama
103.0K views09:07
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:42:31 10-aprel – Ramazon hayiti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.


@xushnudbek
229.9K viewsedited  07:42
Ochish/sharhlash
2024-04-08 09:04:00 Bugun Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.

Yangi korxonalar qurilishiga start berish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.


@xushnudbek
141.1K views06:04
Ochish/sharhlash
2024-04-08 07:56:58
Toshkent shahriga yangi to‘rt vagonli 2 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.

Ular 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilgach, yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Ma’lumot o‘rnida, may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan.


@xushnudbek
147.7K views04:56
Ochish/sharhlash
2024-04-08 02:01:25 8-aprel, dushanba (29-kun)
Saharlik vaqti: 04:32
Iftorlik vaqti: 18:58 (Toshkent vaqti)

Tabayyun. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


@xushnudbek
155.6K views23:01
Ochish/sharhlash