Get Mystery Box with random crypto!

İMOM KETDİ ELİMDAN ( Domla hotrasiga bag'ishlanadi j | Xasan shoir she'rlari

İMOM KETDİ ELİMDAN
( Domla hotrasiga bag'ishlanadi
joylarini jannat qil olloh)
Biz yo'qatdik do'stlarim imom ketdi elimdan
Elini suygan otashin inson ketdi elimdan
Men hudoning bandasi ne keladi qo'limdan
El dardida yonib kuygan inson ketdi do'stlarim
=========
Bosh bo'ldilar to'y azaga tik oyoqda turdilar
Shayton yo'lga kirgani bir söz bilan urdilar
Elning duvosi olib el ichida yurdilar
El dardida yonib kuygan imom ketdi elimdan

===========
Eshit dunyo faryodim sinovlaring buncha ko'p
Men roziman tag'dirning dardlariga deyman ho'p
Bu azada odamlar bo'lib ketdi juda ko'p
El dardida yonib kuygan inson ketdi elimdan
===========
Yig'la osmon ko'z yoshing to'kib mayli daryoga
Mening bobom ey falak sig'madimi dunyoga
Yalinaman zor yig'lab nola qilib hudoga
Qur'onningni yod olgan imom ketdi elimdan
==========
Qaro qabr tor qabr barchamizning uyimiz
Qay maqsadda bitadi bizning so'ngi kunimiz
Yuzga kirib o'lsak gar bu azamas to'yimiz
El dardida yonib kuygan sizdek inson bo'laylik
===========
Esdan chiqmas hikmatlari elga bergan ilimi
Siz ekansiz aslida bu dunyoning olimi
Bizga qoldi bir hikmat hamda uning ta'limi
El dardida yonib kuygan imom ketdi elimdan
============
Qoldi o'gil jigarlar zor bo'lib izlariga
Olloh o'zing sabr ber imomning qizlariga
Quloq solgin ey dunyo shoirning so'zlariga
El dardida yonib kuygan inson ketdi elimdan
==========
Ko'z yoshlarim quridi yig'layverib adoman
Boringizda boy edim yo'g'ingizda gadoman
Men bog'larda bulbulday kuylagan bir sadoman
Bulbuldayin jarangdor imom ketdi elimdan
==========