Get Mystery Box with random crypto!

DO'STİMNİNG XOTRASİGA BAGİSHLANADİ Chimildiq ko'rmagan jon do' | Xasan shoir she'rlari

DO'STİMNİNG XOTRASİGA BAGİSHLANADİ
Chimildiq ko'rmagan jon do'stim
Shamlarning chirog'i tugadi
Yolg'izman tunlari tush ko'rsam
Bo'g'zimdan chayonlar bug'adi
========
Jon do'stim dunyoning bag'ritosh
Karvoni qoldirdi yo'llarda
Bu qanday jon olish bilmadim
Azroil yurarkan cho'llarda
========
Shamollar to'zg'itar sochimni
Alamlar bog'rimni tiladi
Dunyoni tark etgan bir do'stim
U dunyo jannati bo'ladi
========
Tog'dayin qomati bukuldi
Ko'tardi tobutni otasi
Qon yig'lab tunlari ezildi
Do'stimning mehribon onasi
========
Yig'lama onajon bu dunyo
O'tkazar insonga u zulim
Daholar o'tdilar dunyodan
Yaralgan bir boshda bor o'lim
=========
Joningdan yaralgan bolangman
Tunlari oh chekan nolangman
Yodimdan chiqmaydi keng dala
Qum bosgan o'sha sho'r dalangman
========
Yo Tangrim o'zingsan mehribon
Yoninga qaytmoqlik bor sharti
Do'stlarning ichidan ayirding
Shu edi hayotda eng mardi
=========
Yuragim o'ksinib yig'laydi
Qol siltab ketaman dunyoga
Do'stimning birgina hislati
Yoqqandir yaratgan hudoga
( Davomi bor)