Get Mystery Box with random crypto!

ALLA AYTİ BER ONA Hayot meni tashvishlarga boshlab ketti İkki | Xasan shoir she'rlari

ALLA AYTİ BER ONA
Hayot meni tashvishlarga boshlab ketti
İkki ko'zim chin do'stlarim yoshlab ketti
Eshitmoqa intilaman takror takror
So'zingizni sog'inchlarim anglab yetti
Bag'ringizga boshim qo'yib yotay yana
O'g'lingizga alla aytib bering ona
=========
Beshiklarga soling mayli tirishaman
Sig'masam goh sig'ayin deb kirishaman
Dunyolarni unitaman tol beshikda
Oydek bo'lib tun qo'ynida to'lishaman
So'zlaringiz marjondayin dona dona
O'g'lingizga alla aytib bering ona
=========
Og'ir kunlar boshiga kelsa o'tib ketar
Sabringiz ko'p dunyolarga bo'lsa yetar
Boshimizda giryonadir ham parvona
Ey do'stlarim onalarni boshda ko'tar
Bo'lmasangiz yorishmaydi yorug' hona
O'g'lingizga alla aytib bering ona
==========
Bergan dunyo qizg'onadi mol davlatin
Menga saroy koshonalar bermagan ko'p
Onam jannat eshigidir yaratganim
Dunyo bir bor onam poyin erkalab o'p
Bu dunyoda siz o'zingiz lek yagona
O'g'lingizga alla aytib bering ona
==========
Ot ustida orim bilan talashaman
Xotin bilan urshib doim yarashaman
Ulg'aydim men safarlardan qaytim ona
To'rtta noni qachon sizga ulashaman
Yo'llarimga ko'zlar tikib siz parvona
O'g'lingizga alla aytib bering ona
==========
Mehrning siz bulag'isiz tashnaman men
To'yib to'yib ichgan daryo ildiziman
Onamni ham otamni ham suyuntirgan
Osmonlarda porlab turgan yulduziman
Qirqa ko'rsam sog'inaman yana yana
O'g'lingizga alla aytib bering ona