Get Mystery Box with random crypto!

BEVA CHOLNİNG HİKOYASİ (hazil) Qaddim qaddim zam | Xasan shoir she'rlari

BEVA CHOLNİNG HİKOYASİ
(hazil)
Qaddim qaddim zamonda
Bo'lgan ekan bitta chol
Uning husnini ko'rib
Ko'ka chiqmas to"lin oy
========
Yo'llar yurib qir oshib
Bir qishlaqni ko'zladi
Shu qishloqdan beva chol
Beva kampir izladi
==========
Taqilatib darvoza
Bağrını tilaverdi
Shu qishloqda beva chol
Tentirab yuraverdi
=========
Tag'dir peshona deya
Hech qilmadi zardalar
Quyash kirdi uyiga
Tun tartadi pardalar
========
Bir kulbaga kirib u
To'yib to'yib yig'ladi
Kampir bilan o'tkazgan
Kunlarini esladi
=======
Yoshligimda go'r deya
Boshladi chol so'zini
Yoshlika sho'ng'ib ketib
Tanimadi o'zini
========
Sohibjomol kampirim
Menga qarab tutardi
Ko'ylagimni dazmolab
To'nim tikib qo'yardi
=========
Bugun yirtiq bu to'nim
Tushub qolar yoqqasi
Har kimning bo'lsin dedi
Farzand bola chaqasi
========
Orom oldi ko'z yumdi
Kirdi kampir tushiga
Tong otsa ham beva chol
Kelolmadi hushiga
=========
Hushga kelib qari chol
Ko'rgan tushin so'zladi
To'ni qo'liga olib
Bir yamog'ni izladi
========
Yomog'iga solingan
G'ijimgina bir qog'oz
Jumla jumla bitilgan
So'zlar lekin juda oz
========
Olib kampir hatini
O'qiydi beva choli
O'lsam nima kechadi
Bu sho'rlikining ahvoli
=========
Hastaman dardim og'ir
To'shak botti tanamga
Sig'masam netay ayting
Bundayin keng olamga
=========
Ketsam foni dunyodan
O'tkazing urf udumni
Siz bilan men o'tkazdim
Eng bahtiyor kunimni
=========
Mendan keyin bir yorni
Toping tog'u toshlardan
Hamma hazar qiladi
So'qaboshli boshlardan
=========
Men roziman tag'dirning
Yoqqan har bir o'tiga
Qarab o'tirmang tag'in
Farzandlarning betiga
=========
Yo'q desalar farzandlar
Ko'rsating maktubimni
Amalga oshiring siz
Shu so'ngi umidimni
=========
Hatni o'qib bo'lgach chol
Mindi asov otiga
Qirg'in kelganmi deyman
Beva ayol zotiga
=========
O'n qishlaqdan qidirib
Bir qishloqdan topildi
Shunday qilib beva cholning
Eshiklari yopildi
=========
Bahtli bo'ldi yor bilan
Esgi to'ni yechmaydi
Kampir qoldirgan hati
Yuragidan o'chmaydi