Get Mystery Box with random crypto!

Grant sohibiga aylangan 3 talabamizni tabriklaymiz. Avval xab | WAYU.KOREA

Grant sohibiga aylangan 3 talabamizni tabriklaymiz.

Avval xabar berib o’tganimizdek, Woojung Education and Culture Foundation, O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi va O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi Janubiy Koreyada bakalavr bosqichida ta'lim olayotgan yoshlar uchun birinchi bor grant dasturini e’lon qilgan edi.

Quyida grantni qo’lgan kiritgan (har semestr uchun 4,000,000 von) talabalarimiz haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz:

1. Berdiyorov Jahongir - Dongeo Universiteti “Xalqaro Biznes Boshqaruvi” fakulteti talabasi.

2. Axunboboeva Azimaxon - Sungkyunkvan Universiteti “Gumanitar Fanlar” fakulteti talabasi

3. Gaffarova Gulirano - Chonnam Milliy Universiteti “Biologiya fanlari va texnologiyasi” fakulteti talabasi


Mazkur talabalarimiz berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda asosiy e’tiborlarini ta’limga qaratib kelajakda o’z kasblari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlariga umid qilib qolamiz.