Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT TANLOV! O'zbek tilini dunyoda keng targ'ib qilishda i | WAYU.KOREA

DIQQAT TANLOV!

O'zbek tilini dunyoda keng targ'ib qilishda ishtirok eting!

Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan hurmatli o'zbekistonlik talabalar, aziz yoshlar!

O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-e’tiborini tubdan oshirish, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida yurtimizda talay ishlar amalga oshirilmoqda.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsa, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsa, bunga amin bo'ladi.

Yurtimizda o'zbek tilini ulug'lash va madh etish maqsadida ushbu mavzuga bag'ishlangan turli chellenjlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Sizlarni ham ushbu jarayonda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Davlat tilini ulug'lash va madh etishga yo'naltirilgan she’rlar, matnlar, g'azallarni ifodali o'qib, olingan videoroliklarni wayu.korea@gmail.com elektron pochtasiga 31-sentabrgacha yuborishingizni so’rab qolamiz.

Yil davomida faol ishtirok etgan vatandoshlarimiz 21 oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni tantanalarida qimmatbaho sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Ushbu tadbirda faol ishtirok etaylik va tilimizni jahon miqyosida keng quloch yoyilishida o'z hissamizni qo'shaylik.