Vaziri jamgʻarmasidan ustama olishga saralashning 1-bosqich na | Ta'lim nazorati
Vaziri jamgʻarmasidan ustama olishga saralashning 1-bosqich natijalaridan norozi boʻlganlar 23-martga qadar “Apellyatsiya” berishlari mumkin
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilinganligidan xabaringiz bor.
Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin. https://my.uzbmb.uz/xtv/result
Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:
nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami); jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat); nomzodning shaxsiy telefon raqami; soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).
Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib“Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.
Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida(2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.
Yuborilgan shikoyatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijasi nomzodning o‘z shaxsiy kabinetiga yuboriladi.