Get Mystery Box with random crypto!

2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etil | Ta'lim nazorati

2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

Ushbu maktablarga ishga kirish uchun hujjat topshirish, saralash va imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha kanalimiz orqali (@uztdi) batafsil ma’lumot beramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali