Get Mystery Box with random crypto!

Namangan viloyatida “Maktab – litsey – texnikum – universitet” | Ta'lim nazorati

Namangan viloyatida “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik taʼlim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida joriy etishi mumkin

Muhokamalar portaliga "Taʼlim muassasalarida yuridik taʼlimning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra:

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik taʼlim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida Namangan viloyatida joriy etish;

2024/2025 oʻquv yilidan Namangan shahri, “Soxibkor” MFY, M.Egamberdiyev koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatida variativ oʻquv rejasi asosida huquq fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflarni tashkil qilish;

2024-yilda Adliya vazirligining Namangan viloyat yuridik texnikumi tugatilib, uning negizida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Namangan viloyat akademik litseyini tashkil etish taklif etilmoqda.

Shuningdek, 8–11-sinflari uchun huquq fanidan yangidan yaratilayotgan oʻquv adabiyotlarini nashr etishdan oldin ularga Toshkent davlat yuridik universitetidan xulosa olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Maktablarda huquqiy fanlardan dars beradigan oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog xodimlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha zarur choralar ko‘riladi.

2024-yil 1-avgustga qadar maktab-internatning rahbar va boshqa kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda tanlov asosida maktab-internatni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka va yuqori professional tayyorgarlikka ega boshqaruv va boshqa kadrlar bilan toʻldiriladi.

Akademik litsey huquqiy maqomi, shu jumladan shtatlar, mehnatga haq toʻlash tizimi, oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, bitiruvchilarni Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish va boshqa masalalar boʻyicha Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyga tenglashtiriladi.

Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97673

Ta’lim nazorati rasmiy kanali