Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilgan b | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilgan boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini borib koʻrdi.

Maktabda yosh sportchilar, soha mutasaddilari bilan muloqot boʻldi.

Biz bu yilni Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili, deb eʼlon qildik. Har doim ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratib, yoshlarga kerakli sharoitlarni yaratayapmiz. Ularning salohiyati, intilishi kuchli. Boks boʻyicha dunyoda yetakchilar qatoridamiz. Bu salohiyatni, iqtidorli yoshlarimizni rivojlantirish maqsadida shu maktabni tashkil etdik. Endi Bahodir Jalolov maktabi oʻz yoʻnalishida xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim boʻladi. Boks metodologiyasi, diyetologiyasi, tibbiyoti, psixologiyasi hududlardagi sport maktablarida ham rivojlantiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt