Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xoti | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshayotgan bir guruh xotin-qizlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Jumladan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi:

Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining kimyo fani oʻqituvchisi Zevarjon Norbayeva — II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan;

Andijon viloyati, Asaka tumanidagi 16-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Xusniobod Soxibova hamda

“Gʻuncha” jurnali bosh muharriri Dilfuza Shamalikovalar — “Shuhrat” medali bilan mukofotlanishdi.


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi ushbu yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt